INJIL, Yevangeliya (yun. euangelion — xuşxabar) — Iisus Xristos (Iso Masih) haqida hikoya qiluvçi xristianlik asarlarining umumiy nomi. Bibliyaning bir qismi. Yahudiylarning Qadimgi ahdçaan farq qiliş uçun I. Yangi ahd deb nomlangan. Qonunlaştirilgan (çerkov tomonidan «Yangi ahd» tarkibiga kiritilgan) va qonunlaştirilmagan (ibodat çoğida qöllanilmaydigan) asarlarga bölinadi. Yunon tilida yaratilgan. 2-a. lardan boşlab yuz yilliklar davomida tarkib topa borgan. 4-a. boşida yaxlit holga kelgan va çerkov tomonidan xristianlarning muqaddas kitobi, deb e'lon qilingan. Asosiy qismi apostollardan Matfey, Mark, Luka va Ioanning Iisus hayoti va ta'limoti yoritilgan I. lardan iborat. I. larda Iisus siy-mosida insonlar uzok, kutgan va ularga najot yölini körsatib bergan messiya (masiho) ning dunyoga kelişi, öz liniy qaraşlarini tarğib etişi, körsatgan mö'jizalari, odam zotining gunohlarini yuviş uçun çekkan uqubatlari, xiyonat tufayli ayblanib, çor-mix qilinişi va söng qayta tirilişi haqidagi rivoyat hamda xotiralar keltirilgan. Ayrim rivoyatlarda Iisus inson va masih sifatida talqin qilinsa, boşqalarida inson qiyofasidagi Xudo, tirilgandan söng esa ota-Xudo huzuriga qaytib borgan öğil-Xudo deb ta'kidlanadi. I. da uning tarji-mai holiga oid voqealar b-n yonma-yon payğambarona hikmatli sözlari, ib-ratomuz masallari kjsak badiiy us-lubda bayon etiladi. Şuningdek, 2 uluğ apostol — Petr va Pavelning yahudiylar va majusiylar orasida dinni yoyiş maqsadida amalga oşirgan işlari, körgan maşaqqatlari töğrisidagi hikoyalar, Qad. Rimdagi ayrim yirik şaharlarning fuqarolariga, diniy jamoalarning peşvolariga yöllangan maktublari va b. örin olgan. Falastin va ellinlar diyorida I. ning tarqala borişi, Rim imperatori Neron zamonida xristianlarning quvğunga uçraşi kabi tarixiy voqealar ham öz aksini topgan.
Qur'oni karimda I. ilohiy kitoblar sirasiga kiritiladi va Alloh Iso Masihga yöllagan kitob, deb ta'riflanadi. Qur'onga köra, I. da Muhammad (as) ning tuğilişi başorat qilingan, ammo xristianlar I. ning asl matnini buzişgan.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 193–194-b. — ziyouz.com