KOMMUNIZM (lot. communis — umumiy) — xususiy mulkçilikni inkor qilişga asoslangan turli karaşlarning umumiy nomi (ibtidoiy K., xayoliy K., «kazarma» K.i va b.). Unga köra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilişining asosini taşqil qiladi. Bu ğoya «ideal jamiyat» nomi b-n Platon, keyinroq T.Mor, T.Kampanella, Ş.Furye va b.ning asarlarida ilgari surildi, K. yoki kommunistik jamiyat nomi b-n 19—20-a. larda K.Marks, F.Engels va VM.Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Marksça tarixiy jarayon haqidagi qaraşga binoan, K. — kapitalizm örnini egallaydigan va öz taraqqiyotida 2 bosqiç (faza) — sotsializm deb ataladigan quyi bosqiç hamda töla K. deb ataladigan yuqori bosqiçni bosib ötadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir. K. nazariyotçilari bu ikki bosqiçning öziga xos jihatlari hamda umumiy tomonlari mavjudligini körsatişga urinişgan. Umumiy tomoni iqtisodiy jihatdan yagona ijtimoiy mulkka asoslanganligi, öziga xos tomoni esa — mehnat taqsimoti tamoyili b-n belgilanadi, deb uqtirişgan. Çunonçi, ular K.da «har kimdan qobiliyatiga yaraşa, har kimga ehtiyojiga yaraşa» tamoyili amal qiladi, «K.da muhim ijtimoiy tafovutlar bölmaydi, hamma teng böladi», «davlat öz vazifasini bajarib böladi va barham topadi», deb hisoblaşgan.
K. ğoyasining asosida tarixni faqat materialistik tuşuniş, formatsiyaviy qaraş, sinfiylik va partiyaviylik tamoyillariga asoslaniş, proletariat manfaatlarinigina himoya qiliş qabilar yotadi. Jamiyat taraqqiyoti qonunlariga, inson erkinligi, mustaqillik va demokratiya tamoyillariga zid bölgan bu ğoyalar sobiq SSSR hududida, «sotsialistik lager» deb atalgan jahon sotsialistik sistemasi davlatlarida tatbiq qilindi. 20-a. ning 20-y.laridan zörlik yöli b-n proletariat (amalda partiya) ning ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan diktaturasi örnatildi. Rivojlaniş va taraqqiyotning xilma-xilligi, turli xalqlar va mamlakatlarga xos milliyma'naviy xususiyatlarning mavjudligi inkor etildi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining yagona kommunistik jamiyatga borişini asoslaşga harakat qilindi. Birok, K.ning «erkinlik», «tenglik» töğrisidagi şiorlari soxta va asossiz ekanligi ma'lum böldi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 527–528-b. — ziyouz.com