HAYDARKON SIMOB KONI -Qirğiziston Respublikasi Öş viloyatidagi kon. Olay toğlarining şim. yon bağridagi Farğona simob-surma mintaqasining şarqiy qismida. Farğona viloyati Söx ş.dan 19 km şim.- şarqda. Kon 1926 y.da topilgan. Geo-logik jihatdan Işmetov toğining markazida şakllangan antiklinal strukturaning gumbaz qismida joylaşgan. Uning yadrosidagi ohaktoşlar avtoxton va alloxton qumtoş-slanetsli qatlamlar bilan qoplangan. Rudalarning asosiy qismi ohaktoşlar va ularni qoplovçi slanetslarning çegara qismlarida rivojlangan metasoma-toz mahsuli bölgan kvars-karbonat tarkibli jasperoidlarda mujassamlaşgan. Kondagi rudalar majmuali tarkibga ega bölib, asosan, simob-surma-flyuoritlardan iborat. Asosiy sanoat minerallari — kinovar, ba'-zan antimonit, flyuorit, xalkopirit, markazit. Surma, simob, qörğo-şin sulfatuzlari uçraydi. Ulardan taşqari realgar va auripigment ham bor. Noruda minerallardan kvars, kalsit, ankerit va b. mavjud. Konning jan. qismida (Jan. struktura) 1500—4000 m2 li muvofiq yotgan may-donlarda qalinligi 2—11 m li kino-varli qatlamsimon ruda tanalari tarqalgan. Konning şim. qismida (Şim. struktura) tik yotgan, kesişgan va qatlamsimon muvofiq yotuvçi ruda tanalari rivojlangan, rudalar mavjud.
Ruda töplamlari qatlamsimon, linza va uyasimon, qöziqorin-ustunsimon şakllarda. Linza, uyalarning uz. 30 m, qalinligi 2—11 m, yotiş böyiça uz. 10—100 m. Konda 24 ta mustaqil maydon razvedka qilingan va foydalanişga tayyorlangan. Simobning umumiy zaxiralari va başoratli resurslari metallning 0,165%li tarkibi bilan 20,9 ming t ni taşkil qiladi. Surmaning yiğindi zaxiralari va başoratli resurslari 11,3 ming t ga baholanadi, unda surmaning örtaça tarkibi 1,728%, flyuorit 13,26%li tarkibi bilan 1143 ming t. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 45–46-b. — ziyouz.com