RUBOB (arab.) — torli çolğu musiqa asbobi. Noxun (mediator) b-n çertib çalinadi. Örta asrdan Şarq (Eron, Afğoniston, Örta Osiyo) xalqlarida keng tarqalgan. Ba'zi olimlar fikriga köra, qad. 2 torli kamonli rebabdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir, asosan, 3 xili mavjud: qaşqar R.i, afğon (yoki buxoro) R.i va pomir R.i.
Qaşqar rubob i ninguz. 80—100 sm, çömiçsimon kosasi tut va b. qattiq daraxt ğölaçalaridan öyib yasaladi va ustiga teri krplanadi. Dastasi uzun, uçi orqasiga qayrilgan bölib, kosadan boşlanadigan joyida qöçqor şoxiga öxşaş 2 ta gajagi mavjud. Dastasidagi pardalari (19 tadan 23 tagaça, oldin içakdan, hozir metalldan qilinadi) xromatik tovuşqatorni taşkil qiladi. Qaşqar R. ining 5 ta tori, odatda, kvartakvinta oraliğida sozlanadi. Diapazoni 3 oktavaga yaqin. Tovuşi jarangdor. Ijroçilikni özlaştiriş birmunça yengilligi, mohir R.çi — sozandalar (M. Mirzayev va b.)ning yetişib çiqişi bu sozning 1940- y.lardan Özbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylaşuviga sabab bölgan. Qaşqar R.ining qayta işlangan zamonaviy turi R. prima öz imkoniyatlari b-n rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraliğida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida işlatiladi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Özbek bastakorlaridan M. Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan I. Xamroyev, M. Bafoyev va b. qaşqar R.i uçun turli janrlarda asarlar yaratişgan.
Afğon rubobining dastasi kalta (8—10 sm), uçi bir oz qayrilgan. Rezonatori nihoyatda katta (kengligi 20 sm gaça, çuq. 30 sm gaça, umumiy uz. 80 sm gaça). Korpusi b-n dastasi bir butun yoğoç bölagidan öyib işlanadi. Korpusining örta qismining 2 yoni öyilgan. Pastki qismi teri b-n, yuqrrisi taxtaça b-n krplanadi. Dastasiga, odatda, 4—5 ta asosiy parda, taxta qoplamasiga 6—7 ta qöşimça xas pardalar örnatiladi. Kvartaga sozlanadigan 5 ta asosiy tordan taşqari, yon quloqlarga tortilgan 10—11 yordamçi (aks sado beruvçi) torlari bor. 2 oktava diapazonidagi diatonik tovuşkatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qöllaniladi. Pomir rubobining kosasi qaşqar R.idan bir oz kattaroq, dastasi kaltaroq va yögonroq bölib, unga pardalar boğlanmaydi. Dastasi kosasi b-n bir butun yoğoç bölagidan yöniladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtaça b-n berkitiladi. Kvartakvinta oraliğida sozlanadigan 5 ta asosiy torlaridan taşkari yon quloqqa boğlanadigan tori böladi. U baland sozlanib, ma'lum tasviriy vosita sifatida foydalaniladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 282–283-b. — ziyouz.com