BAYOZ (arab. — oq, oqlik) — şe'rlar töplami. B.lar ikki va undan ortiq şoirlar şe'rlaridan tuziladi. Ilk B.lar, asosan, maşhur şoirlarning ğazallaridan tuzilgan, keyinçalik bunga rioya qilinmagan. B.lar deyarli lirik janrdagi asarlardan taşkil topadi, unga nasriy parçalar ayrim hollardagina kiritiladi. B.lar biror ğoya yoki ma'lum davr dunyoqaraşini tarğib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham bölmaydi, ular qat'iy bob va bölimga ajratilmaydi, mualliflar ijodi şarhlanmaydi. Kimning şe'ridan qança kiritiş tuzuvçi xohişiga boğliq. B.lar sarbayoz (söz boşi), lirik şe'rlar (asosiy qism), xotima va ilovadan taşkil topadi. Ayrim B.larda şe'rlari keltirilgan şoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Ba'zan B.larga xalq oğzaki ijodi namunalari: ölan, latifa, mutoyiba, maqol, musiqiy asarlar (Buxoro şaşmaqomi, Xorazm maqomlari, Farğona — Toşkent maqom yöllari, aşula va katta aşulalar) ham kiritiladi. Ilk B.lar arab şe'riyati rivojlangan davr (750 — 1O55)da yuzaga kelgan (q. Tammom, Saolibiy). Turkistonda bayozçilik 10 — 15-a.lar şe'riyati ta'sirida vujudga keladi. 18 — 19-a. larga kelib ular mundarija va mazmun jihatdan ança boyidi. Ayniqsa, Bedil ijodiyoti ta'sirida B. tuziş an'anaviy tus oldi. Rasmiy va norasmiy B.lar bor. Rasmiy B. maxsus kotib, naqqoş, sahhof tomonidan buyurtmaga yoki muayyan şaxs talabiga mos tarzda tuziladi. Norasmiy B.da bezak va matnlarning joylaşişida muayyan tartib bölmaydi. Bundaylari öz navbatida yana ikkiga bölinadi: a) şoir yoki kotib öziga ma'qul şoirlarning asarlaridan tanlab tuzadi; b) tuzuvçining öz şe'riy töplamiga boşqa şoirlar asarlaridan namunalar kiritiladi (mas, «Bayozi Miriy», «Bayozi Roziy», «Bayozi Nodim», «Bayozi Kamiy» va b.).
Adabiy taraqqiyot jarayonida B.lar adabiyot namunasigina bölib qolmay, haqiqiy san'at asariga ham aylandi, öziga xos maktablar paydo böldi. Farğona, Buxoro, Xorazm, Toşkent maktablariga mansub B.lar asosan ikki tilda — özbek va fors tillarida tuzilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boşlarida Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) taşabbusi b-n rasmiy B.lar tuziş rivoj topdi, yuzlab naqşdor B.lar tuzildi va noyoblaridan nusxalar köçirildi. 19-a. oxirlarida Turkistonda matbaa işlarining rivojlanişi b-n qölyozma B.lar tuziş davom etgani holda, Toşkent va Xivada toşbosma B.lar çop etiş yölga qöyildi. B. Turkiston xalqlari adabiyoti tarixini va devon tuzmagan şoirlar ijodini örganişda muhim manbadir.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 22-b. — ziyouz.com