HINDIXITOY - Osiyoning jan.- şarqiy qismidagi yarim orol. Mayd. 2 mln. km2. Ğarbda Bengaliya qöltiği, Andaman dengizi va Malakka böğozi, jan. va şarqda Jan. Xitoy dengizi va uning Siam va Bakbo qöltiqlari b-n çegaralangan. Şim. çegarasi şartli ravişda Gang va Brahmaputra daryolari deltalari bilan Xongxa daryosi deltasidan ötkazilgan. Jan. uçi Kra böynidan jan. ga çözilgan Malakka ya.o.dan iborat. Şarqiy qirğoqlari kam parçalangan, ğarbida qöltiq, orol köp. Yer yuzasi, asosan, toğli, meridian böylab çözilgan tizmalardan iborat. Ğarbiy qismidagi Arakan toğlari (eng baland joyi 3053 m, Viktoriya çöqqisi), markazidagi Şan toğligi va şarqidagi Annam toğlari keng pasttekislik (Iravadi, Menam, Kam-bodja) va platolar (Korat) bilan bölingan. Karst keng tarqalgan. Pasttekisliklar, asosan, allyuvial va köl yotqiziqlaridan tuzilgan. Foydali qazilmalardan qalay va volframning yirik konlari topilgan. Iqlimi subekvatorial mussonli, Malakka ya.o.da ekvatorial iqlim. Örtaça t-ra tekisliklarda 20° dan pastga tuşmaydi, bahor va yoz oylarida 27—30°gaça köta-riladi, toğlarda 15° gaça. Şamolga röpara garbiy yon bağirlarida yillik yoğin 2500—3000 mm, asosan, yozda yoğadi. Içki r-nlarda 1000 mm gaça, şarqiy sohilida 2000 mm gaça (aso-san, qişda yoğadi). Şim.dagi toğ tepalarida qor yoğadi. Daryolari sersuv, yozda tölib oqadi. Eng yiriklari: mekong, Iravadi, Saluin, Menam-Çao-Praya. Suvidan suğorişda keng foydalaniladi. Eng katta köli — Tonlesap. H.ning sernam toğli hududlarida doim yaşil tropik örmonlar, dengiz sohillari va deltalarda mangra örmonlari, içki r-nlarda barg tökuvçi tropik örmonlar va butazorlar bor. Tekislik qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Asosiy ekini — şoli. malakka ya.o.da kauçukli ösimliklar plantatsiyalari barpo qilingan.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 167-b. — ziyouz.com