KIROVOGRAD VILOYATI - Ukrainadagi viloyat. 1939 y. 10 yanv.da taşkil etilgan. Mayd. 24,6 ming km2. Aholisi 1211,2 ming kişi (1997), asosan, ukrainlar; şuningdek, rus, belorus, yaxudiy, moddavanlar ham yaşaydi. Şaharliklar 52%. 21 tumanga bölingan, 12 şahar, 26 şaharça bor. Markazi — Kirovograd ş.
K.v. Dnepr böyi qirlarining jan. qismida, Yer yuzasi daryo vodiylari va jarlar öyib yuborgan tölqinsimon tekislik. Foydali qazilmalari: qönğir kömir, grafit, nikel rudasi, quriliş materiallari, torf, temir rudasi. Iqlimi mö'tadil kontinental. Yanv. ning örtaça t-rasi —5,4° dan —5,6° gaça, iyulniki 20—21,4°. Yillik yoğin 450 mm. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Daryolari: Dnepr, Ingul, Sinyuxa va Jan. Bug. K.v. hududida Kremençug, Dneprodzerjinsk va b. suv omborlari bor. Tuproği, asosan, qoratuproq. Örmon va butazorlar mavjud.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
K.v. sanoatining yetakçi tarmoqlari: oziq-ovqat, maşinasozlik, yonilği va rangli metallurgiya. Energetika xujaligini bir qança GES va issiqlik elektr st-yasi taşkil etgan. Oziq-ovqat sanoatida şakarqand, yoğ-moy, spirt, göşt, un, moy-sir, meva-sabzavot konservalari işlab çiqariladi. Maşinasozlik va metallsozlik sanoati, asosan, q.x. maşinalari va ji-hozlar i.ç.ga ixtisoslaşgan. Yoqilği sanoatida qönğir kömir qazib olinadi va qayta işlanadi. Rangli metallurgiya rivojlanmokda. Yengil sanoat korxonalari (tikuvçilik, poyabzal, paypoq, kön z-di, yoğoçsozlik, mebel k-tlari) bor. Quriliş materiallari işlab çiqaradigan yirik korxonalar mavjud.
Q.x.da ğalla, qand lavlagi, koriandr, köngaboqar ekiladi, çorvaçiligi göşt-sut yetiştirişga ixtisoslaşgan. Boğdorçilik va rezavor mevaçilik salmoqli örin tutadi. Hovöz baliqçiligi rivojlangan. T. y., avtomobil yöllari ziç, aeroport bor. Dnepr daryosida kema qatnaydi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 407–408-b. — ziyouz.com