GELIY (lot. Helium), He—Mendeleyev davriy sistemasining sakkizinçi guruh kimyoviy elementi, tartib rakami 2, at.m. 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. Tabiiy G. ikki izotop aralaşmasidan iborat (3Ne, 4Ne). 1868 y.da fransuz astronomi J. Jansen va ingliz astronomi R. Lokyer quyoş spektrida yangi sariq çiziqni aniqladilar. U öşa vaqgda ma'lum bölgan elementlar çiziğiga sira öxşamasdi. Bu noma'lum elementga G. deb nom berildi (yun. helios — quyoş). 1895 y.da ingliz kimyogari U. Ramzay G.ni radioaktiv kleveit mineralidan olişga muvaffaq böldi. Kleveitni qizdirilganda ajralib çiqqan gaz spektrida ham öşa çiziq bor edi. Yerda G. juda kam: 1 m3 havoda bor-yöği 5—24 sm3, 1 kg yer moddasida 0,003 mg G. bor. G. fazoda eng köp tarqalgan elementlardan biri (vodoroddan keyin 2-örinda turadi). Kosmos massasining deyarli 23% i G.dan iborat. U hajm jihatidan yer atmosferasining 0,0005% ini taşkil etadi. Yer yuzida G. asosan Yer pöstidagi radioaktiv elementlar (kleveit, monatsit va torianit) tarkibida uçraydi. G. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Köpgina neft va gaz konlarida tabiiy G. zaxiralari bor. Yer yuzidagi G.ning asosiy qismini 4Ne taşkil etadi. 4Ne uran, toriy kabi radioaktiv elementlarning parçalanişidan hosil böladi. 3Ne juda oz miqdorda uçraydi. Tarkibida 2 g uran va 10 g toriy tutgan 1 t granit radioaktiv parçalanganda 1 mg G. ajralib çiqadi. Atmosferada vodorodning oğir izotopi tritiy (T) parçalanganda 3Ne hosil böladi. G. normal şaroitda bir atomli gaz. Ziçligi 0,17846 g/l, qaynaş t-rasi — 268,9°. G. normal bosimda har qança sovitilganda ham suyuq holatini saqlay oladigan yagona modda. G. 2,5 MPa bosim ostida kristallanadi. Issiqlik ötkazuvçanligi 0,1437 Vt/(m.k.). G. atomining radiusi 0,85 dan 1,33 Ye gaça. 20° da 1 l suvda 8,61 sm3/l, etanodda 3 sm3/l G. eriydi. 4Ne izotoplaridan iborat suyuq G.ning ajoyib xossalari bor. U tarkibida G. bölgan tabiiy gazlardan olinadi. G.ning inertlik xossasidan metallarni qirqişda, payvandlaş va oziq-ovqat mahsulotlarini konservalaşda foydalaniladi. G.ning yonmasligi va ziçligining kiçikligi stratostatlarni töldirişda qöl keladi. G. yuqori issiqlik ötkazuvçanligi, kimyoviy inertligi, yadro reaksiyasidagi neytronlar b-n deyarli reaksiyaga kirişmasligi tufayli atom reaktorlarini sovitişda qöllaniladi. Suyuq holdagi G. yer yuzidagi eng sovuq suyuqpikdir, u turli ilmiy tekşirişlarda sovutkiç sifatida işlatiladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 132-b. — ziyouz.com