SUV MUHOFAZA ZONASI - daryo, kanal, suv ombori va b. suv manbalarini eroziya mahsulotlari, kasal tarqatuvçi mikroorganizmlar, kimyoviy va organik moddalar bilan ifloslanişdan saklaş uçun xizmat qiladigan tabiiy örmon yoki ekilgan daraxtzor mintaqasi. S.m.z. ning kengligi bir neça yuz metrdan önlab kilometrgaça bölişi mumkin. S.m.z. da örmon xöjaligini yuritişning maxsus tartibi joriy qilinadi: qöriqlaş kuçaytiriladi, yoğoç tayyorlaş maqsadlarida daraxt kesiş taqiqlanadi, daraxtlarni faqat örmonzorlarni tiklaş, parvarişini yaxşilaş uçungina kesişga ruxsat etiladi. Örta Osiyoning daryolari — Amudaryo, Sirdaryo va ularning irmoqlari böylab eni 400 m dan 20 km gaça bölgan önlab ming ga maydonda polosa taqiq zona tarzida ajratilgan. Ayniqsa, katta suv omborlari atrofida muhofaza zonalari barpo etişda tabiiy va ekilgan daraxtzorlardan taşqari qişloq xöjaligi. ekinlari ham ekiladi. Bu joylarda xöjalik işlari suv havzasining ifloslaniş xavfini keskin kamaytiradigan holda olib boriladi; tuproq eroziyasiga qarşi almaşlab ekiş joriy qilinadi, keng marza va suv singdirgiç kanallar kabi oddiy gidrotexnika inşootlaridan foydalanadi. Bevosita qirğoq yaqinida yerni haydaş, çorva boqiş va çorvaçilik binolari quriş taqiklanadi. Mac, Kattaqörğon suv omborining S.m.z. deyarli 4 ming ga maydonni egallaydi, undan 3,5 ming ga maydonda daraxtzorlar barpo etilgan (1000 ga ortiği pistazor). Qayroqqum, Jan. Surxon, Toşkent va b. suv omborlari atrofida ham katta S.m.z. taşkil etilgan. Yangi (Çorvoq, Norak, Töxtağul, Oqtepa, Tuyamöyin, Roğun va b.) suv omborlari atrofida ham S.m.z. barpo etilgan (q. Suv muhofaza örmonlari).
Ad.: Raxmanov V.V., Vodoreguliruyuhaya rol lesov, L., 1975; Raxmanov V.V., Lesnaya gidrologiya, M., 1981.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 648-b. — ziyouz.com