MAGADAN VILOYATI - RF tarkibidagi viloyat. Uzoq Şarq iqtisodiy r-niga kiradi. 1953 y. 3 dek.da taşkil etilgan. RFning çekka şim.-şarqiy qismida. Mayd. 461,4 ming km2. Aholisi 232,8 ming kişi (2000). Asosan, ruslar, şuningdek, ukrain, belorus, tatar, evenk va b. ham yaşaydi. 8 tumanga bölingan; 2 şahar, 28 şaharça bor. Markazi Magadan ş. M. v. Şarkiy Sibir, Çukotka, Bering va Oxota dengizlari b-n öralgan. Viloyatning köp qismini Kolima toğlari egallagan. Penjina qöltiqçasidan Anadir qöltiğigaça keng Anadir pasttekisligi joylaşgan. Asosiy foydali qazilmalari: oltin, qalay, volfram. Toşkömir va qönğir kumir konlari bor. Iklimi keskin kontinental. Qişi sovuq, yozi salqin. Iyulning örtaça t-rasi Oxota dengizi sohillarida 1 G— 12°, Şim. Muz okeani sohillarida 3°— 6°, yanv.niki Oxota dengizi soxillarida —19° dan —23° gaça, Şim. Muz okeani sohillarida —24° dan —28° gaça. M. v.ning içki qismlarida iyulning örtaça t-rasi 14°—16°, yanv.niki —38°. Yiliga 300—350 mm, Oxota va Bering dengizlari sohillarida 500—700 mm, yoğin tuşadi. Oxota dengizi sohillaridan boşqa hamma joylar zamini muzlab yotadi. Vegetatsiya davri 100—105 kun. Yirik daryolari: Kolima va Anadir. Tuproklari podzolli toğ-örmon va toğ-tundra tuproklari. M. v. tundra, örmonli tundra va taygada joylaşgan. Dauriya tiloğoçi, yer bağirlab ösadigan kedr köp. Tiyin, oqtovuşqon, qutb tulkisi, tulki, oq ayiq, qönğir ayiq, rosomaxa, latça, şimol buğusi, los, quşlardan kaklik, ördak, ğoz bor. Da-ryolarda baliq, dengizlarda kit, morj, tyulen yaşaydi. Maşinasozlik, metallsozlik, baliq sanoati rivojlangan. Arkagala GRES, Kolima GES bor. Sut-göşt çorvaçiligi, darrandaçilik, möynaçilik b-n şuğullaniladi. Viloyat hududiy Magadan qöriqxonasi, Talaya kurorti bor.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 14-b. — ziyouz.com