KALORIYA (lot. calor — issiqlik) — issiqlik mikdorining SI birliklar tizimiga kirmagan birligi. J yoki kal b-n belgilanadi. 1 g suvni G isitiş uçun zarur issiqlik mikdori 1 kal deb olingan. 1 kal=4,1868 J. Suvni isitişda sarflanadigan issiqlik mikdori t-ra intervaliga va şaroitga boğliq, şuning uçun 1 kg suvni 19,5° dan 20,5° gaça isitiş uçun zarur issiqlik mikdori 1 kkal (katta kaloriya) deb olingan. Amalda kilokaloriya (kkal) köproq işlatilgan: 1 kkal=1000 kal. Termokimyoda işlatiladigan K. 4,1840 J. ga teng. KALORIYALILIK - 1) oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyaliligi — oziq moddalar (oqsillar, yoğlar va uglevodlar)da töplangan energiya; oziq-ovqat mahsulotlarining energiyaviy qiymati (kal — kaloriya va kkal — kilokaloriyada ifodalanadi). Oziq-ovqat mahsulotlarini qiyosiy baholaşda; ovqatlanişni rejalaştirişda, parhez taomlarni tavsiya kiliş va b.da qöllanadi. K. mahsulotda oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari mavjudligi b-n aniqlanadi. Mas, yoğ molekulasida oksidlanmagan uglerod va vodorod atomlari uglerod va oqsillardagiga nisbatan köproq böladi; 1g yoğ 9,3 kkal (1 kkal=4,1868-103 J), 1 g uglevod 4,1 kkal, 1 g oqsil xam 4,1 kkal. Ba'zi mahsulotlarning (YUOg) K. i (kkal da) quyidagiça: sut (kefir, çuçuk qatiq) — 62; sariyoğ — 734; sifatli mol göşti — 154; sifatli qöy göşti — 206; tuxum — 150; kök piyoz — 21; tuzlanmagan bodring— 15; kartoşka — 89; karam — 27; sabzi— 36; olma — 48; qand — 320; buğdoy unidan yopilgan non — 230 va b. Turli kasb va yoşdagi, har xil jinsdagi kişilarning energiya sarfi b-n boğliq ravişda iste'mol qilinadigan taomlar mikdorini belgilaşda K.ni biliş juda asqotadi. Oziq-ovqat mahsulotlari içida kaloriyasi eng yuqori bölgan mahsulot ösimlik moyi (872 kkal), eng past bölgan mahsulot — oq karam (27 kkal). SI birligida K. birligi kJ/100 g hisobida ifodalanadi. Osonqiyinligi örtaça bölgan işda işlaydigan örta yoşli odam uçun bir keça-kunduzda 3 ming kkal zarur böladi. Çorvaçilikda — yem-xaşakning ozuqalik darajasini belgilaşda, q.h. hayvonlarini boqişda, yem beriş meyorini (ratsionini) aniqlaşda ham K. asosiy mezon böladi. 2005 kkal almaşinuvi energiya (ozuqa tarkibidagi moddalarning hayvon organizmida hazm bölib, qon va limfalarga singgan kismi energiyasi) 1 energetik ozuqa birligi (10,5 megajoul) sifatida kabul kilingan. 2) yoqilği (yoki yonilği) töliq yonganda ajralib çiqadigan issiqlik miqdori (J yoki kal da ifodalanadi).
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 63–64-b. — ziyouz.com