ROKOKO (frans. rococo), rokayl — 18-a. 1-yarmida Yevropa nafis san'atida yuzaga kelgan uslub (bezaklari çiğanoqqa öxşatib gajaksimon işlanadi). Dastlab Fransiyada paydo bölgan, keyinçalik Germaniya, Avstriya va b. mamlakatlarga tarqalgan. 30—40-y.larda R. eng gullagan davrini boşidan keçirgan. Absolyutizm inqirozi davrida kiborlarga xos bölgan xususiyatlar, ya'ni real hayotdan qoçib, soxta teatrlaştirilgan hayot tarziga intiliş va b.ni özida aks ettirgan. Me'morlikda bezakka ta'sir etib, jimjimadorlikka e'tibor kuçaydi: nozik hoşiyalarga olingan öyma va börtma naqşlar, örama, kartuş, rokayl va b. keng qöllanildi; binolarda simmetriya örnini asimmetriya, tartibsizlik egallay boşladi. Binolar taşqi körinişi jiddiy va sipo işlangani holda xonalarni bezaşga e'tibor ortdi, bino, uning xonalari uçun olingan nisbatlar ham yengil va nafislikka ega böla boşladi, xonaning içki qismi yengil «pastel» rangida işlangan naqşlar, afsonalardan olingan kiçik suratlar b-n bezatildi, xonalarning burçaklari yöq qilinib oval şakliga ega böla boşladi. Içki bezaklarda közgularning bezak imkoniyatlari ham hisobga olindi, mebellar ham xona va uning bezagiga moslab tanlandi (me'morlar J. M. Oppener, J. O. Meysonye, J. Bofran va b.).
Rangtasvir, grafika va haykaltaroşlik R. asarlari öta nafis, nozik sahnalar bir oz öynoqi va jimjimadorligi b-n ajralib turadi. Bezak va dastgoh san'atida namoyon bölgan devor, plafon, eşik tepasiga işlangan tasvirlar, gobelenlar köngil oçişga möljallangan mavzular b-n töldirildi; odam krmati bezak bölagiga aylana bordi; kompozitsiya qurilişi yengillik, mayinlik xislatini ifodalaşga böysundirildi. Rasmlar mavzusi ham birmunça çeklangan bölib, işq-muhabbat, kiborlarning köngil oçişi va dam olişi, pastoral mavzuda (tabiat qöynida erkin, faroğatda yaşayotgan çöpon yigit va qizlar hayotiga bağişlangan) asarlar yaratildi, portretlar çizildi (rassomlar F. Buşe, A. Vatto, N. Lankre, J. Fragonar va b.). Haykaltaroşlikda relyeflar, binolar interyerini bezaydigan haykallar (haykalça, byust, terrakotadan yasalgan naqşlangan yoki sirlanmagan çinnilar) keng örin egalladi. Nozik ranglar jilosiga boy R. rangtasviri ham bezak xususiyatiga ega edi. Amaliy san'at ustalari xom aşyoning ifoda imkoniyatlarini nozik oçib bera oldi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 230–231-b. — ziyouz.com