YAXTON VOLFRAM KONI — Samarqand viloyati Urgut tumanidagi kon. Urgut şahridan 10 km şim.da joylaşgan. Ya.v.k. hududida yana bir qança mayda volfram konlari va namoyonlari (Çoştepa, Kamongaron, Zinak va Turangli) mavjud. Ya.v.k. Yaxton rudali maydonida köproq örganilgan va muhim obyektlardan hisoblanadi. Bu maydon yirik Xöjadik—Avgayjuman gektonik zonasida mujassamlaşgan. Konda vulkanogenterrigenli, tufogenkarbonatli, karbonatli va kremniykarbonatli yotqiziqlar mavjud bölib, ularni intruziv hosilalar (granitoidli va işqorbazaltli) majmuasi yorib çiqqan. Skarnlaşgan metasomatik jinslar konning rudalarini özida qamrovçi asosiy minerallaşgan hosilalar bölib, ular qatlamlararo çegara va çegaraoldi hamda ştokverksimon tanalar şaklida intruziv va çökindi jinslar kontakt zonalarida rivojlanadi. Ba'zida skarnlar çökindi toğ jinslari orasida joylaşib, çegaradan 150—200 m uzoqlikda ham uçraydi. Konning asosiy zaxiralari skarnşeyelitli ştokverk va şim.ğarbiy maydondagi qatlamlararo rudali jismlarda töplangan. Uşbu maydondagi kontaktoldi skarnli zona 500—600 m çuqurlikda bölib, 1000 m ga çözilgan. Skarnrudali jismlar qalinligi özgaruvçan bölib, 2—3 m dan 20—25 m gaça. Barça skarnlar volfram, oltin, vismut, margimuş hamda kumuş, molibden, rux, qalayning yuqori konsentratsiyasiga ega. Asosiy rudali mineral — şeyelit; oltin esa, yöldoş komponent bölib hisoblanadi. Sulfidlardan, odatda, pirrotin, arsenopirit, pirit, xalkopirit, ba'zan galenit, sfalerit, vismutin uçraydi. Norudalardan albit, kvars, xlorit, seritsit, piroksen va boşqalar mavjud. Asosiy rudali komponent — \\Yu, ning aniqlangan zaxiralari 22 ming t dan köproq, başoratlanganlari 50 ming t dan ortiq.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 107-b. — ziyouz.com