TERMIZŞOHLAR — Termiz va uning viloyatini boşqargan merosiy hukmron sulola (mil. 5—7-a. oxirlari). Arablarning Şim. Toxaristonga qilgan yurişlari (7-a. oxiri — 8-a. boşi) munosabati bilan arabfors yozma manbalarida (Tabariy, Balozuriy, Ibn Xurdodbeh) qayd etilgan. Buddaviy rohib SyuanSzan (taxm. 630 y.)ning ma'lumotiga köra, Tami (Termiz) mulki hududi ğarbdan şarqqa tomon 600 li (180—300 km), şim.dan jan.ga tomon esa, 400 li (120—200 km) masofani taşkil etgan, ya'ni Termizdan taşqari Amudaryoning öng sohilidagi yerlarni ham qamragan. Şaharda buddaviylik hukmron mavqega ega bölib, unda 12 ta monastir va 1000 ga yaqin rohib, şuningdek, stupalar, budda haykallari bölgan. T. hokimiyat tepasiga mil. 5-a.da kelganlar, bunga ular zarb etgan mis tangalar guvoxlik beradi. Tangalar 7-a. oxiriga kadar zarb etilgan. T.ning etnik kelib çiqişi noaniq, eftaliylar yoxud kidariylar bilan boğliq bölişi extimol. 689—690 y.larda Termizni arablarning qaysiylar qabilasi sardori Muso ibn Abdulloh egallagan va şahardan termizşohni quvib yuborib, xalifalikdan ajrab çiqib, 15 yil mustaqil hokimlik qilgan. Termizşohning turkiylar yordamida taxtni qaytarib oliş uçun qilgan harakatlari zoye ketgan. 704 y. Usmon ibn Mas'ud 15 ming kişilik laşkar bilan kelib şaharni umavişar tobeligiga qaytarişga erişgan. T. hokimiyati xalifalik tomonidan nomigagina bir munça muddat tiklangan, Termiz butunlay xalifalik tomonidan idora etiladigan bölgan, şahar arablarning asosiy tayanç punktiga aylangan.
Ad.: Bartold V. V., Termez, Soçineniya, t. 3, M., 1965; Pugaçenkova G. A., Rtveladze E. V., Severnaya Baktriya — Toxaristan. Oçerki istorii i kulturi, T., 1990.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 321-b. — ziyouz.com