KATASTROFIZM (yun. katastrophe — tamom böliş, halokat, buziliş), katastrofalar nazariyasi — metafizik ta'limot. Uning asosida Yer pösti va organik olamning rivojlanişi butun Yer planetasi miqyosida sodir böladigan, davriy takrorlanib turadigan geologik halokat (kataklizma)lar b-n boğliq, degan ğoyalar yotadi. Davriy global halokatlar haqidagi ğoya qadimda paydo bölgan; 17— 18-a.larda geol. tarixini örganişda qöllanilgan. Paleontologiyaning asosçisi fransuz olimi J. Kyuvye 1812 y.da Yer katlamlarining almaşinişi b-n birga fauna va floraning almaşinişi ham sodir bölganligini va ötmişdagi geologik davrlarda organik dunyo özgarişining sababini özining katastrofalar nazariyasi asosida tuşuntirdi. Kyuvyening uqtirişiça, Yer yuzining kattagina qismida röy bergan halokatli tabiiy ofat (katastrofa) bu hududlardagi barça hayvon va ösimliklarni halok etgan. Söngra ularning örnini omon qolgan joylardan kelgan, lekin qirilib ketgan turlarga heç qanday aloqasi bölmagan yangi formalar egallagan. Kyuvye qad. qatlamlardan yoş qatlamlarga ötgan sari organik formalarning asta-sekinlik b-n murakkablaşib borganligini qayd etgan bölsada, u Lamarknnig tirik tabiat evolyutsiyasi, keyingi hayot formalarining oldingi formalardan kelib çiqqanligi haqidagi fikrlarini inkor etdi. Kyuvye turlarning özgarmasligi haqidagi kreatsionistik dunyoqaraşni yoqlab çikdi. Kyuvyening asosiy ğoyasi fransuz paleontologi A. d'Orbiniy tomonidan davom ettirildi. A. d'Orbiniy Yer tarixini 27 davrga bölib, har bir davring yangi formalar b-n boşlanib halokat tufayli qirilib poyoniga yetganligini aytadi. Şuning b-n birga öşa davrdayoq paleontologik dalillardan hayotdagi hodisalarni evolyutsion nuqtai nazardan tuşuniş zaruriyatini yorqin ifodalovçi qator «paleontologik qonunlar» çiqarildi. Bu qonunlarga binoan, qirilib ketgan formalar qançalik qadimgi bölsa, ular b-n hoz. zamon hayvonlari örtasidagi farq ham şunçalik katta böladi, hayvon tiplarining paydo böliş tartibi embrion bosqiçlarning paydo bölişidagi tartibni eslatadi; qirilib ketgan hayvonlar hoz. hayvonlarga öxşaş plan asosida tuzilgan, ularning hayoti ham öxşaş fiziologik faoliyat b-n tavsiflanadi. Bu qonunlar organik dunyo özining tarixiy rivojlanişiga kura, birbutun ekanligidan dalolat berdi. Evolyutsion nazariya organizmlar tarixiy rivojlanişida K.ni inkor etadi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 228-b. — ziyouz.com