ORDOVIK SISTEMASI (DAVRI), ordovik (lot. Ordovices — Buyuk Britaniyaning hoz. Uels hududida yaşagan qad. kelt qabilasi nomidan) — paleozoy erasining pastdan 2davri. O.s. radiologik metod böyiça hrz. davrdan 490±15 mln. yil avval boşlanib, 435±10 mln. yil avval tugagan va taxm. 67 mln. yil davom etgan. O.s. dastlab 1879 y.da ingliz geologi Ç.Lapuors tomonidan Buyuk Britaniya hududida ajratilgan. O.s. mustaqil davr sifatida fakat 1960 y.da Xalqaro geologik kongreseda qabul qilingan. Ilgari köp mamlakatlarda uni silur sistemasi (davri)ning quyi bölimi sifatida qöllaganlar. O.s. 3 bölim (quyi, örta, yuqori) va 6 yarus (tremadok, arenig, llanvirn, llandeyl, karadok va aşgil) dan iborat. O.s.ning bölim va yaruslarga aj-ratişda hamma tomonidan tan olingan bölinişi hozirgaça yöq. O.s. barça qit'alarda va köpinça orollarda ajratilgan. O.s.ning boşlanişi Yer yuzasining çökişiga töğri kelib, köpgina hududlar dengiz suvi b-n krplangan. Dengiz transgressiyasining maksimumi örta ordovik bölimlarida mavjud bölgan. Yuqori O.s. kaledon burmalanişi tufayli dengiz suvlari b-n qoplangan maydonlar kamayib, yangi yirik qurukliklar vujudga kelgan. Bu davrda dengiz havzasi ikki turli bölgan: birinçi-si turgun platforma strukturalarida tuzilgan epikontinental dengiz havzalaridan iborat; ularda, asosan, ohaktoş, gil, kvarsli qum yotqiziqlari tarqalgan; ikkinçisi esa geosinklinal strukturalarga xos bölib, qum, gil va graptolitli slanetslar hamda suv osti vulkan jinslari köp. Vulkan jinslari Uels, Appalaçi, Qozoğiston, Şim. Tyanşan va b. geosinklinal oblastlarida uçraydi.
O.s. dengiz yotqiziqlarida graptolit, trilobit, boşoyoqli mollyuskalar, yelkaoyoqlilar, peletsipoda, foraminifera va b. umurtqasiz jonivorlar qoldiği uçraydi. O.yeda dengiz tipratikani, ostrakoda, mşankalar, bulutlar mavjud bölgan va umurtqalilar paydo böla boşlagan. Ösimliklardan kök-yaşil suvötlar köp tarqalgan bölib, birinçi bor yuksak ösimliklar vujudga kelgan. Kembriy davrida-gidek, bu davrda ham bakteriyalar ni-qoyatda köp edi. Örta Osiyoda O.s. yotqi-ziklari Şim. va Jan. Tyanşan, Çat-qol, Turkiston, Zarafşon, Olay, Nurota va Qizilqumdagi Tomditov, Bökantov toğlarida ma'lum. O.s. yotqi-ziklarida neft (AQŞ), yonuvçi slanets (Estoniya), fosforitlar (Leningrad viloyati), ordovik intruziyalarida oltin va b. metallar (Qozoğiston) uçraydi.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 211–212-b. — ziyouz.com