ENSEFALOMIYELIT (yun. — boş miya va — orqa miya) — boş va orqa miyaning bir vaqtda yalliğlanişi. E. köpçilik yuqumli va neyroallergik, toksik kasalliklarda markaziy nerv sistemasining zararlanişidan kelib çiqadi. E.ni viruslar ham qözğatadi. E.da boş va orqa miyada oq va kulrang moddalar, qon tomirlarning yalliğlanişi, miyelin pardaning yemirilişi va boşqalar röy beradi. Miyelin parda bölmasa nerv tolalari orqali impulslar ötmay qoladi, natijada nerv tizimining köpgina bölimlari izdan çiqadi. E. odam va hayvonlarda (asosan, ot va boşqalar) uçraydi. U turli infekniyalar, intoksikatsiya oqibatida vujudga kelişi, şuningdek, mustaqil kasallik tarzida (mas, birlamçi ötkir tarqoq E.) keçişi mumkin. Şunga köra, neyrotrop viruslar qözğatadigan birlamçi E. hamda biror yuqumli kasallikdan yoki oğir yuqumli kasallikka qarşi organizmga vaksina yuborilgandan söng yuzaga keladigan ikkilamçi E. ajratiladi.
Birlamçi E.ni neyrotrop viruslar qözğatadi. Kasallik tösatdan boşlanib, bemor qattiq isitmalaydi, boşi, qöloyoqlari oğriydi, boşi aylanadi, qayt qiladi, közi xiralaşadi. Muskullar tonusi va reflekslar kuçayadi, ba'zi bemorlarning qöloyoqlari falajlanadi, harakatlari poymapoy bölib, gandiraklab yuradi, nozikroq harakatlarga (mas, yoziş, kiyimini tugmalaş va boşqalar) qöli qovuşmay qoladi, qöloyoqlari qaltiraydi. Nafas oliş va yutiş faoliyati buziladi; bemor nutqi özgarib, ravon gapira olmaydi, ovqat yeganda qalqiydi va h.k. 2—3 oydan söng kasallik ança yengillaşadi, ammo harakatdagi özgarişlar butunlay yöqolmaydi. Ba'zan E. faqat orqa miyaning özida ötadi, bunda orqa miyani qaysi qismi zararlanganligiga qarab kasallikning klinik körinişi ham unga xos böladi, mas, böyin qismida bölsa ikki qöl va oyoqlarda falajlar; bel qismida — ikki oyoqlarda periferik yoki atrofik «lanj, böş» falajlar kuzatiladi.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151–152-b. — ziyouz.com