KALLYUS, kallus (lot. callus — qadoq) — ösimlikning şikastlangan (kesilgan) joyida hosil böladigan töqima. Yaraning bitişiga yordam beradi. K. yupqadevorli parenxima hujayralaridan iborat bölib, börtma (ba'zan yupqa qavat) körinişida böladi. Yalanğoçlanib qolgan turli töqimalar qujayralarining bölinişidan paydo böladi. Payvandlaşda payvandtag va payvandustning birikib ketişiga, qalamçalardan köpaytirişda qöşimça ösimta ildizlar va kurtaklar paydo bölişiga yordam beradi. Terak, tok qalamçalari K. hosil qilib ekilganda bexato tutib ketadi. KALMARAZ, ösimliklar kalmarazi, parşa — aksariyat zamburuğlar (ba'zan bakteriyalar) qözğatadigan kasallik. Asosan, ösimliklarning ustki töqimalari şikastlanadi. Kutikula yoki novdalarda doğlar, yaralar, buqoqlar paydo böladi. Köpçilik q.x. ekinlari kasallanadi. K. köproq olma, nok, kartoşka va sitrus ekinlari (limon, apelsin)da uçraydi. Olma, nok daraxtlari K.ni Venturia inaeguaties va V. pinna zamburuğlari qözğatadi. Olmada barg va mevalar, nokda novdalar ham zararlanadi. Daraxtlarning barglarida kulrang tögarak doğlar hosil böladi, barg şapaloğining orqa tomonida doğlar töq yaşil rangli baxmalsimon ğubor b-n qoplanadi. Mevalarda esa ğubor b-n qoplangan kumuşrang hoşiyali qönğir doğlar paydo böladi. Bu doğlar keyinçalik kengayib, köpinça bir-biriga tutaşadi. Kasallangan barglar tökiladi. Mevaning şikastlangan joyidagi töqimalari yoğoçsimon bölib qoladi, kasallik yanada avj olib ketganda bu joylar yoriladi. K. b-n kasallangan daraxtlarning hosili kamayadi, mevalari sifatsiz bölib qoladi. Kartoşka K.ni aksinomitsetlar (oddiy K. qözğatuvçisi — Actinomuces scabies, A. tricolor va b.), zamburuğlar [ğuborli K. qözğatuvçisi — Spongospora subterranea), qora K. (rizokotonioz) qözğatuvçisi — Rhizoctonia solani] har xil turlari qözğatadi. Tuganaklari zararlanadi. Kuraş çoralari: kuzda yerga tökilgan mevalar yiğib olinib, yöqotiladi va boğ qator oralari şudgorlanadi. Köklamda, kurtaklar burta boşlaganda daraxtlarga 3% li bordo suyukligi purkaladi. Bahorda yoğingarçilik köp bölgan yillarda daraxtlar guldan tuşganidan keyin 1% li bordo suyuqligi purkaladi. Kartoşka K.ga qarşi kuraşda kasallikka çidamli navlarni tanlaş, uruğlikni fungitsidlar b-n işlov berib ekiş, agrotexnika tadbirlariga qat'iy rioya qiliş kerak. Sulton Alimuhameoov.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 59–60-b. — ziyouz.com