MANYERIZM (ital. manierismo, maniera — uslub, odat sözidan) — 16- a. Yevropa san'atidagi oqim. M. namoyandalari Uyğoniş davrining olamni uyğunlikda idrok etiş, insonni tabiatning mukammal xilqati sifatidagi qaraşlaridan çekindi; uning örniga mistik ğoyalarni ilgari suruvçi, taşqi jihatdan yaltiroq, lekin qayotdan, uning muammolaridan uzoq bölgan san'atning tarqalişini ta'minladi. M.da hayotni ötkir his etiş b-n badiiy obrazni rassomning qalbida tuğilayotgan subyektiv «içki ğoya» asosida ifodalaş kabi dasturli intiliş uyğunlaşdi. M. namoyandalari Yuqori Uyğoniş davri san'atkorlari ijodidagi ayrim unsurlarni ana şu ruhda talqin etdilar, irratsional olamning beqarorligi, inson hayotining ötkinçiligini ifodalaşga intildilar. Sönggi saroy madaniyati b-n uzviy boğliq bölgan M. san'ati mo-hiyat e'tibori b-n saralangan tor doiralardagi bilimdonlarga möljallandi. M. Italiyada yorqin namoyon böddi, unga obrazlarning jiddiyligi, olamni fojiali his etiş, harakatli qolatlarni börttiriş, şakllarning öta nozik va çözilganligi, kolorit va nursoyadagi keskinlik xos (Pontormo, Parmijanino, Julio Romano va b.). M. rassomlari asarlarida odam qomati, nisbatlarini buzib tasvirladilar, anatomik aniqlikka e'tiborsizlik b-n qaradilar. Me'morlikda ortiqça haşamdorlik seziladi, ba'zi hollarda ortiqça ramz va majozlar ritmik kompozitsiya asosini taşkil qiladi. 40-y.lardan M. italyan saroy san'atida hukmron oqim bölib qoldi, uning badiiy ifoda vositasi murakkab, majozlar b-n töla (J. Vazari, A. Bronzino, F. Sukkari va b.). M. haykaltaroşligi (B. Ammanati, B. Çellini, Jam-bolonya va b.) va me'morligi (Ammanati, Vazari va b.)da, asosan, beqaror, dinamik kompozitsiyalarga (ba'zan haddan ziyod) moyillik közga taşlanadi. Italyan san'atkorlarining Fransiya, Ispaniya, Çexiya va b.da ijod kilişlari, şuningdek, M. grafika va amaliy bezak san'atining keng tarqalişi M.ning umumevropa hodisasiga aylanişiga kömak berdi.
M. aslida Uyğoniş davri san'atidan barokkota ötiş davri jarayonlarini özida ifodalab, barokko uslubining rivojiga yöl oçdi. Italiyaga bir tomondan Bolonya maktabi akademi-stlarining kirib kelişi, ikkinçi tomondan karavajizmning tarkalişi M.ga barham berib, barokko va 17-a. Yevropa san'atidagi realistik oqimlarning hukmronligini ta'minladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 190–191-b. — ziyouz.com