AKVARIUM (lot. aqua — suv) — 1) suv hayvonlari va ösimliklarini tirik saqlaş va köpaytiriş uçun foydalaniladigan şişa idiş. Foydalaniş maqsadi va organizmlar uçun zarur bölgan şaroitga binoan A.ning tuzilişi, şakli va ölçami har xil böladi. A.odatda yaxlit şişadan yoki sinçi metalldan, devori şişadan yasaladi. A. yasaş uçun ba'zan organik şişadan ham foydalaniladi: Standart A. töğri burçakli, balandligi b-n eni bir xilda, böyi enidan 1,5 marta uzunroq qilib yasaladi. Devorga qöyiladigan A.ning oldingi devori egik böladi. A. tubiga yuvib tozalangan daryo qumi (zarraçalarning ölçami 2—4 mm) solinadi. Baliq boqiş uçun A. suvi kislorodga töyingan, undagi mineral tuzlarning tarkibi va nisbati muayyan miqdorda bölişi lozim. Suvni kislorodga töyintiriş uçun A. da suv ösimliklari östiriladi, ösimliklar har kuni 10—12 soat davomida yoritib turiladi. Yoruğlikda ösimliklar akvarium baliqlari nafas olganida çiqadigan karbonat angidrid gazini özlaştirib, kislorod ajratib çiqaradi, suvdagi mineral moddalarni şimib oladi. Suvni doimo toza saqlaş uçun A. devori tozalab turiladi, suv tubiga çökkan çiqindilar olib taşlanadi, buğlangan suvning örni töldirib turiladi. A. da suv yuzasida (ruççiya, salviniya, suv salati va b.) va suv qa'rida qalqib turadigan (elodeya, urut, lyudvigiya va b.), suv tubiga yopişib ösadigan (vallisneriya, öqyoybarg, aponogeton, exinodorus, kriptokorina va b.) ösimliklar östiriş mumkin. A.ning ustini şişa b-n yopib, qopqoqni çeti havo kirib turişi uçun bir oz oçib qöyiladi. Ilmiy lab.larda, ba'zan xonadonlarda ham A. suvi nasos yordamida havo yuboriş b-n kislorodga töyintiriladi, qum va faollaştirilgan kömir orqali ötkazib tozalab turiladi; 2) i. t. ötkaziş yoki namoyiş qiliş maqsadida dengiz yoki çuçuk suv hayvonlari va ösimliklari namunalarini tirik holda saqlaydigan muassasa. U suv hayvonlari va ösimliklarining hayoti örganiladigan va namoyiş etiladigan ilmiy muassasalar va hayvonot boğlarida (şu jumladan Toşkent hayvonot boğida) barpo etilgan. Dastlabki A. 19-a.ning 2- yarmida qurila boşlagan (Sevastopol —1871, Neapol —1872). Dengiz hayvonlarini örganiş uçun A. odatda dengiz sohiliga yaqin joyda quriladi. Eng yirik A. Neapol, Bombey, Sevastopolda qurilgan. Dengiz A. ba'zan okeanarium deb ham ataladi.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 258–259-b. — ziyouz.com