BROM (lot. Bromum, yun. bromos), Br — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib rakami 35, at. m. 79,904; odatdagi şaroitda yoqimsiz hidli, qizğişqönğir suyuqlik. Suyuqlaniş t-rasi — 7,25°, qaynaş t-rasi 59,2°. Fransuz kimyogari A. J. Balar 1826 y.da Örta dengiz tuz konlarining şör suvini örganayotganda B.ni kaşf etgan. Tabiiy B. ikkita barqaror izotop: 79Vg (50,54%) va 81Vg (49,46%) dan iborat. B.ning sun'iy yöl b-n olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqkdtga sazovor. I. V. Kurçatov şu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kaşf etgan. Yer pöstidagi miqdori (oğ. böyiça 1,610»%) 10151016 t atrofida bölib, doimo xlor b-n birga uçraydi. B.li tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (oş tuzida Vg miqdori 0,03% gaça, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gaça), dengiz suvida (0,065%), şör köllarda (0,2% gaça) böladi. Suyuq B.ning ziçligi 3,10 g/sm3 (20°). Suvda oz (100 g suvda 3,58 g), organik erituvçilarda yaxşi eriydi. B. qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida böladi. 800° atrofida atomlarga dissotsiatsiyalana boşlaydi. Dissotsiatsiya yoruğlik ta'sirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan B. faol bölib, reaksiyaga kirişiş faolligi jihatidan xlor b-n yod örtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimuş va surmalar b-n birikkanda köp issiqlik ajraladi, goho alanga hosil böladi. B. kaliy va alyuminiy b-n tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod b-n reaksiyaga kirişmaydi. B. kuçli oksidlovçi. B. suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror bölgan gipobromit kislota (NVgO) hosil böladi. B.ning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi.
B. dengiz suvlari, kölmak va yer osti şör suvlaridan hamda kaliy sanoati çiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mg B. bölsa, kişi yötalib, burni qonaydi, boşi oğriydi va b. kasalliklarga duçor böladi. Konsentratsiya yuqori bölsa, kişi böğilib qoladi, bronxlari yalliğlanadi, ba'zan ölimga olib boradi. B. bromli tuzlar olişda benzinning detonatsion pişiqligini oşirişda işlatiluvçi etil bromid hamda dibrometan sintezida köllaniladi. B. birikmalari fotografiyada, böyoqlar sanoatida, insektitsidlar olişda, öt öçirişda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda işlatiladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 647–648-b. — ziyouz.com