MOBILIZM (lot. mobilis — xarakatçan) — Yer pusti (litosfera) materik bölaklarining geologik davr mobaynida bir-biriga nisbatan (bir neça ming km gaça) gorizontal va qutbiy siljişi haqidagi ilmiy faraz (gipoteza). M. fiksizm, ya'ni bunday siljişini inkor etuvçi va Yer pösti rivojlanişini vertikal harakatlarga boğlovçi gipotezaga muqobil qöyiladi. Materiklarning siljişi haqidagi ilmiy dalillar b-n asoslangan da-stlabki gipoteza 1910—12 y.larda amerikalik olim F. Teylor va nemis geofizigi A. Vegenerlar tomonidan taklif qilingan. M.ning hoz. zamon varianti — «yangi global tektonika» (yoş plitalar tektonikasi), asosan, okeanlar tubi tuzilişi va magnit maydonlarini örganiş natijalariga, şuningdek, paleomagnitizm ma'lumotlariga asoslangan. Bu tasavvurlarga muvofiq, materik bölaklaridan taşqari unga yondoş okean tubi Yer pöstining mantiya yuqori qismi katta maydonlarini ham qamrab oluvçi yaxlit plita juda sekinlik b-n (yiliga örtaça 1 — 5 sm) harakatlanadi. Plitalar okean örta tizmalaridan yoş burmalangan mintaqalarga va orollar yoyiga qarab har ikki tomonga siljib boradi. Bu yerda özaro yaqinlaşayotgan plitalardan birining old çekkasi egilma siniq böylab ança çuqurlikka çökadi, natijada katta seysmik harakatlar vujudga keladi; boşqa plitaning materik pöstida siqilişi oqibatida burma va surilmalar hosil böladi. Surilgan palaxsalar ortida çöziliş strukturalari — riftlar vujudga keladi. Plitalar ajralgan joydagi yoriqqa yuqori mantiyadan moddalar kötarilib rift zonalarida yangi pust şakllanadi; bu b-n okean tubi maydoni kengayadi. Bir-biridan ajralib ketgan paleozoy materiklari — Gondvana (Jan. Amerika, Afrika, Xindiston, Avstraliya va Antarktidani öz içiga olgan) va Lavraziya (Şim. Amerika, Yevropa, Osiyoning şim.yarmi)ning geologik tuzilişi va ular materik yon bağri çiziqlarining özaro öxşaşligidan kelib çiqib paleotektonik bir butunlik ğoyasi taklif qilingan. Buni paleoiqlim va paleomagnit ma'lumotlari ham tasdiqlaydi. Mezozoy va kaynozoy davrlarida sodir bölgan siljişlar natijasida Tetis geosinklinal okeani butunlay barham topib, yangi — Hind va Atlantika okeanlari vujudga keldi. Materiklar harakatining asosiy sababçisi sifatida mantiya moddasining konvensiya oqimi körsatiladi.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 658–659-b. — ziyouz.com