PARODIYA (yun. parodia — zid qöşiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi san'ati, hajv va hazil turlaridan biri. Öziga xos harakat tar-zi, şuningdek, biror uslub, yönaliş, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va b.ga hajviy, kinoyaviy va yumor b-n yondaşiş maqsadini közlab qilingan ongli takdid. Biror san'atkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid qiliş yöli b-n yaratilgan kulgili asar. Ijtimoiy-siyosiy, maişiy hayotdagi ayrim voqealar ham P.ga mavzu bölişi mumkin. P. komediya san'atining, satiraning öziga xos yönalişi hamdir. P. köpinça börttirilgan böla-di, unda aks ettirilayotgan voqeaning şakli b-n mazmuni bir-biriga zid qilib körsatiladi. P. Yunoniston dramaturgiyasi va teatrida paydo bölgan. Aristofan «Bulutlar» komediyasida Sokrat ustidan kulgan bölsa, «Qurbaqalar»da Yevripid tragediyalarini P. qilgan. Angliyada 17—18-a.larda P. şaklidagi bir qator sahna asarlari yaratilgan. Fransiyada «Komedi Italyenn» va yarmarka teatrlarida köplab P. tomoşalari yuzagakelgan. 19-a.ningörtalarida F. Erve b-n J. Offenbaxning P.li operettalari şuxrat qozongan. 20-a.da P. janri «qiyşiq oyna», «körşa-palak» nomli maxsus teatrlar tomo-nidan rivojlantirilgan. P. sirkda, qöğirçoq teatrida va estradada keng örin egallab keladi.
Özbek an'anaviy teatrining repertuarida muqallid deb ataluvçi P.lar katta örin egallab kelgan. Bunda masxaraboz va qiziqçilarning aksariyati mahorat körsatgan. 20-a.ning birinçi yarmida Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Aka Buxor, Berdiyor masxara, Safar masxara va b.ning P.lari maşhur bölgan. Hoji tam-tam (Hojiqur-bon Hamidov) sozanda va xonandalarni P. qilişda mahorat körsatgan. Ke-yingi yillar A. Bakirov, N. Rahimov, H. Umarov, T. Azizov va b.ni P. qiliş kuçaydi. Ba'zan spektakl va kino-filmdan butun-butun sahnalar P. qilinadi. P. «Tabassum» radiojurnalida, televideniyening kulgi dasturlari, jumladan, televizion miniatyu-ralar teatrida keng qöllanib keladi. Özbek sirki va dorbozlik san'atida Karim Zarifov, Niyoz Nurmatov, Akrom Yusupov, Muhammad çaqqon kabi önlab qiziqçi va masxarabozlar öz tomoşalarida P.ga katta örin ajratib kelişgan.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 90-b. — ziyouz.com