PROTEKSIONIZM (lot. protectio -panalaş, xrmiylik) — davlatning içki bozorni çet el raqobatidan himoya qiliş va tovar işlab çikaruvçilarning taşqi bozorga çiqişini rağbatlantirişga qaratilgan iqtisodiy siyosati. Yevropada kapitalning da-stlabki jamğarilişi davri (16— 18-a.lar)da paydo böldi va yuzaga kelayotgan sanoatni rivojlantirişga yordam körsatdi. Öşa davrda P. import sanoat mahsulotlari uçun yuqori boj va öz sanoat mahsulotlari uçun eksport mukofotlari belgilaşda yaqqol köri-nadi. Ayni paytda tanqis xom aşyo im-porti uçun bojlar bekor qilingan holda, şunday muhim xom aşyo va mah-sulotlar uçun eksport bojlari joriy qilingan. Dastlabki bosqiçda P. mamlakatlarni industriyalaştirişga xizmat qilgan va ijobiy rol öynagan. 1va 2- jahon uruşi yillarida va, ay-niqsa, 1929—33 y.lardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida P. siyosati kuçaydi. Uruşdan keyingi yillarda iqtisodiyotning baynalminallaşuvi şaroitlarida rivojlangan mamlakatlarda öta P. dan voz keçiş va taşqi savdoni erkinlaştirişga ötiş yuz berdi, lekin jahon iqtisodiyotida P. hamon davlat tomonidan tartibga solişning ta'sirçan quroli bölib qolmoqda. Jahonda iqtisodiy integratsiyaning borişi jamoaviy P.ni paydo etdi (Yevropa Ittifoqi, OPEK va b.). Rivojlangan mamlakatlarda öz fer-merlarini köllab-quvvatlaş va içki oziq-ovqat bozorini himoya qilişga qaratilgan agrar P. keng qöllaniladi. Jahon savdo taşkiloti P. tadbirlarini bir qadar çeklaşga qaratilgan siyosat olib boradi. Bu taşkilotga a'zo mamlakatlar bojxona boji mikdorini import qilinadigan tovarlar qiymatining 10% dan oşirmaslik tarti-biga rioya qilişlari kerak. Jahon xöjaligida globallaşuv jarayonlari milliy bozorlarning jahon bozoriga integratsiyalaşuviga olib kelmoqda. Milliy bozorlarning erkinlaştirilişi milliy iqtisodiyotning yuksalişini ta'minlaydi va P. siyosatining ahamiyatini pasaytiradi. Özbeki-stonda ham taşqi savdoni davlat tomonidan tartibga solişda P. siyosati qöllaniladi. Bu siyosat asosida import örnini bosuvçi va eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantiriş, eksport tölovlarini kamaytiriş, içki bozorni sifatli tovar b-n ta'minlaş, taşqi savdoni mamlakat iqtisodiyoti manfaatlariga töla böysundiriş strategiyasi turadi.
Qodirjon Yusupov.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 408–409-b. — ziyouz.com