BRONX, bronxlar (yun. bronchus — nafas nayi) — odam va yuqori tuzilgan umurtqalilar kekirdagining havo ötadigan naysimon tarmoqlari. Kekirdak (traxeya) 4—5kökrak umurtqasi qarşisida öng va çap B.ga bölinadi (bifurkatsiya). Öng B. çap B.ga nisbatan yöğon va kalta, çap B. esa uzun va ingiçka; öng B. deyarli vertikal yönalgan bölib, kekirdakning davomi hisoblansa, çap B. kekirdakdan çapga burçak hosil qilib çiqadi va bir oz gorizontal yönalgan böladi. B. toğay halqalardan tuzilgan, ular oraliğini fibroz parda töldirib turadi. Asosiy B. öpka darvozasiga kirib, öpka içida avval bölak bronxlariga, söngra segmentar bronxlarga bölinadi. Ikkala öpkada taxm. 1000 bölak B. böladi. B.lar bronxiolalargaça tarmoqlanib borib, bir butun bronxial «daraxt»ni hosil qiladi. B. öpka içida tarmoqlanib, ingiçkalaşib boradi, eng oxiri, eng mayda B.ning uçi pufakçalar b-n tugaydi. Havo almaşiniş jarayoni pufakçalar, alveolalarda böladi; havo nafas yöllarining hammasidan ötadi, çunki nafas nayçasining devorlari toğaylardan tuzilgani uçun ular puçayib qolmaydi. B. şilliq qavati kiprikli epiteliy b-n qoplangan bölib, unda şilliq bezlar juda köp. Ular nafas yöliga tuşgan yot jismlarni çiqarib yuboradi. havo yöllari esa nafas olganda havoni tozalab, namlab, ilitib pufakçalarga yönaltiradi. Ikkala öpkada taxm. 300—500 mln. alveolalar bölib, 30—100 m2 sathni taşkil etadi. Köp hayvonlarda kekirdak (traxeya) ikki asosiy B.ga bölinadi. Sudralib yuruvçilar, quşlar va sut emizuvçilarda B. yaxşi rivojlangan bölib, öpka içida davom etadi. Sudralib yuruvçilarda asosiy B.dan ikkilamçi B., bundan esa uçlamçi, törtlamçi va ş.k. tarmoqlar ajralib çiqadi; toşbaqa va timsohlarda B.ning bölinişi ayniqsa murakkab. Quşlarda ikkilamçi B. parabronxlar degan kanallar b-n tutaşadi, bulardan radiuslar böyiça bronxiollar çiqadi, bronxlar esa tarmoklanib, havoli kapillyarlarga ötadi. Bronxiollar va havoli kapillyarlardan tutaş havoli yöllar vujudga keladi. Asosiy B. ham, ba'zan yon B. ham uçidan kengayib, havoli xalta hosil qiladi. Sut emizuvçilarda har bir asosiy B. dan ikkilamçi B. çiqadi, bu esa tobora mayda tarmoqdarga bölinadi; eng mayda tarmoqlar alveolyar yöllarga ötadi, bular esa alveolalar b-n tugaydi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 652-b. — ziyouz.com