DISSERTATSIYA (lot. dissertatio — tadqiqot, mulohaza) — ilmiy daraja oliş uçun taqdim etilgan va jamoatçilik oldida yakka tartibda himoya qilinadigan ilmiy asar. D. himoya qiliş dastlab örta asrlarda nemis tilida sözlaşadigan mamlakatlarning un-tlarida paydo bölgan. 16—17-a.larda boşqa mamlakatlarga ham tarqala boşlagan. Özbekistonda 1934 y.dan fan nomzodi va fan doktora ilmiy dara-jasini oliş uçun D. himoya qiliş joriy etila boşladi. Fan nomzodi ilmiy darajasini oliş uçun himoya qilinadigan D. yangi ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni öz içiga oli-şi, uning muallifi (dissertant) tanlangan mutaxassislik böyiça çuqur ilmiy-nazariy bilimga ega ekanligini körsatib berişi lozim. Fan d-ri ilmiy darajasini oliş uçun himoya qilinadigan D. fan va texnikaning muayyan sohasidagi katta ilmiy nazariy muammoni hal qilişi, fan va amaliyotning rivojiga ulkan hissa bölib qöşilişi lozim. Nomzodlik va doktorlik D.lari oliy öquv yurtlari yoki i. t. institutlarida taşkil etilgan ixtisoslaştirilgan ilmiy kengaşlarda himoya qilinadi. Himoyaga taqdim etilgan D.ning asosiy mazmuni alohida kitob tarzida yoki jur., ilmiy töplam va b. naşrlarda e'lon qilinişi lozim. Ularning soni va hajmi ÖzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilanadi. Şuningdek, muhim ixtiro va kaşfiyotlar, ayrim şaxs yoki jamoa tomonidan yangi maşina, boşqariş tizimi, turli asboblar, qurilma va texnologik jarayenlar yaratişdagi tugallangan işlar, bir muallif tomonidan tayyorlangan mustaqil ilmiy yoki ilmiy metodik asar darajasida bölgan original dareliklar ham ilmiy ma'ruza şaklida D. örnida himoyaga takdim etilişi mumkin. D. himoyasi oldidan uning asosiy mazmuni va xulosalari yozilgan avtoreferat e'lon qilinadi. Himoya qilingan nomzodlik va doktorlik D.lari OAK tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiklangandan söng D. himoya qilgan şaxslarga davlat tomonidan tasdikdangan namunadagi diplom topşiriladi. Himoya qilingan D.lar himoya ötgan ilmiy muassasa kutubxo-nasida, şuningdek, muayyan soha kutubxonalarida saqlanadi.
ÖzRda 2000/2001 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim tizimida magistrlar uçun ilmiy yoki ilmiy texnikaviy mazmundagi magistrlik D.sini himoya qiliş joriy etilgan.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 310-b. — ziyouz.com