AKKUMULYATOR (lot. accumulator — töplovçi) — keyinçalik foydalaniş maqsadida energiyani töplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr A. elektr toki ta'sirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr A. musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvçi sirtida potensiallar farqi hosil böladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvçi kuç) deyiladi. Yiğilgan energiyani sarflaş vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani töplaş vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, A.lar kislotali va işqorli xillarga bölinadi. Kislotali A.larda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elektrod sifatida qörğoşin oksidi, manfiy elektrod sifatida qörğoşin işlatiladi. Bunday A.lardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Işqorli A.lar elektrodining xiliga karab, kadmiy-nikelli va temir-nikelli, kumuş ruxli va kumuş-kadmiyli böladi. Kadmiy-nikelli A. musbat elektrodi grafit aralaştirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kadmiy aralaştirilgan temirdan tayyorlanadi. Elektrolit sifatida öyuvçi kaliy eritmasi yoki öyuvçi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qöşilgan aralaşma işlatiladi. A. zaryadlaniş va zaryadsizlaniş vaqtidagi örtaça kuçlaniş (har bir elementga 1—2 V) va siğim (amper-soat) b-n ifodalanadi. Kuçlanişni oşiriş uçun A.lar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiy-nikelli va temir-nikelli A. aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport maşinalarida, kosmik apparatlarda; kumuş-ruxli va kumuş-kadmiyli A. aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga oliş apparati va b. da işlatiladi. Issiqlik A.tarmoqdagi buğ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik A. gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100—300 atm bosim ostida suyuqlikni yiğib, gidravlik presslarga va b. maşinaqurollarga bir meyorda berib turadi. Inersion A. maxovikdan iborat bölib, undan turli maşinalar, transport vositalari va b.da foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya A.i hisoblanadi.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 264–265-b. — ziyouz.com