şe'riyati ğazal, qasida,
masnaviy va b. janrlari B.dan
tuziladi. Tarji'band va
tarkibbandlarda bandlarni
bir-biriga boğlovçi B. vosita
B. deyiladi. Mas, Navoiyning
«Ğaroyib ussiğar» devonida
«Ketur soqiy, ul mayki, subği
alast,
Aning naş'asidin köngul erdi
mast»
deb boşlangan tarji'bandi (10 band, 200 misra)ning har biri
«Xarobot aro kirdim oşifta
hol,
May istarga ilgimda sinsin
safol»
B.i b-n tugallangan. Badiiy ijodda bir B.li mustaqil şe'rlar ham bor;
2) bezak va naqş mujassamotlaridan biri. Bezak san'ati, xususan amaliy san'at (miskarlik, kulollik, rixtagarlik va b.)da keng qöllaniladi. Rözğor buyumlari (kosa, çoynak, piyola, lagan, oftoba va h.k.) va me'moriy obidalar bezaklariga ötmişda köpinça şe'riy misralardan husnixat (kufiy, suls, nasx, nasta'liq, rayhoniy) b-n B. bitilgan. B. buyumga öziga xos nafosat, badiiylik baxş etadi.
BAYT ul-MUQADDAS (arab.- muqaddas uy) — Quddus (Iyerusalim) ş.da qadimdan mavjud bölgan, xristianlar va yahudiylarda muqaddas hisoblangan ibodatxonalar; şu munosabat b-n Quddus ş.ning özi ham B. ul-M. deb nom olgan.
«BAYT ul-HIKMAT» (yoki «Xizonat ul-hikmat») — olimlarni birlaştirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Raşid (766 — 809) Bağdodda taşkil etgan. Özbekça asarlarda «Bilim uyi» yoki «Donişmandlar uyi» deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Ma'mun davri (813 — 833)da «Bilim uyi»dagi juda boy kutubxonaga boşçilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qölyozma kitob saqlangan. Xorazmiy öşa kitoblardan foydalanib, hind usulida ilmi hay'at (astronomiya)ga oid «Ziji Xorazmiy» asarini yozgan. Hind raqamlari asosida hoz. arab raqamlarini soddalaştirgan, kengaytirgan va birinçi marta arab tilini bayon etib, uning keng tarqalişiga hissa qöşgan.
Tarjima işlarida turli mamlakatlardan kelgan olim va tarjimonlar, jumladan Turkiston olimlaridan Ahmad Farğoniy, Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sayd Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar qatnaşgan. Bu yerda olimlar çet tildagi murakkab tuşunçalarni berişga qodir arab atamaşunosligini yaratişga va uni boyitişga katta hissa qöşdilar.