SILIKATLAR (lot. silex çaqmoqtoş) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab moddalar. Kristallar şaklidagi S. tabiiy birikmalar içida juda köp uçraydi. Tabiiy S.ning kimyoviy tarkibi va tuzili şi juda murakkab bölganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida örganiş mumkin. S.ning struktura nazariyasiga köra, barça kristall şakldagi S. asosini [SiOJ4~ tarkmbli tetraedrlar taşkil qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni bölib, uni 4 ta kislorod ioni qurşab olgan. S. tabiatda turli şaroitlarda hosil bölişi mumkin. S. otqindi va metamorfik toğ jinslarni taşkil etuvçi minerallardir; ba'zi S. (mas, gillar, seolitlar) nuraş natijasida hosil böladi. S.ning xossalari ularni taşkil etuvçi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryökligiga va b. omillarga boğliq. Köpçilik S. kimyoviy jixatdan barqaror; ular kislotalar ta'siriga çidamli. Ularning rangi tarkibidagi kationlar tabiatiga boglik,. S.ning qattiqligi Moos şkalasi böyiça 4 dan 7 gaça, ziçligi 2—4 g/sm3. S.da izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; şunga kura, turli S. özaro izomorf aralaşmalar (maye andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. S. tabiatda keng tarqalgan bölib, Yer pusti massasining 3/4 qismini taşkil etadi. Barça ma'lum minerallarning taxm. 1/3 qismi S.dir. S.ning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning ba'zilari xom aşyo, ruda (nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy S. va h.k.), ba'zilari nometall foydali qazilma (mas, slyuda, talk, gil, dala şpatlari, asbest) va quriliş materiali (granit, bazalt va b.), qimmatbaho va ziynat toşlari (zumrad, topaz, granat, berill va b.) sifatida işlatiladi. S. parçalanişi natijasida kvars (qum) SiO2 hosil böladi; alyumosilikatlar parçalanganida esa, kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.
Tabiiy S. b-n bir qatorda sun'iy S.ning ham a.xamiyati juda katta. Tabiatdagi deyarli barça S, şuningdek, tabiatda uçramaydigan yoki kam uçraydigan S. sun'iy usulda olingan. Sun'iy S. tarkibi va tuzilişi jihatdan ma'lum darajada bir xil bölganligi uçun ularning xossalarini örganiş osonroq. Sun'iy Sdan, ayniqsa, şişa, sement, keramika, sir, olovbardoş materiallar va b.ning ahamiyati muhim.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 354–355-b. — ziyouz.com