KLIMAKS (yun. klimakter — zinapoya), klimakteriya davri — jinsiy faoliyatning susayib, keksaya boriş davriga ötiş pallasi. Ayollarda xam, erkaqlarda ham kuzatiladi. K.ning yuzaga kelişi jinsiy bezlar faoliyatining susayişi b-n birga organizmda vaqtinça röy beradigan özgarişlarga asoslangan. K.da ayollarning hayz körişi özgaradi; gipotalamus — gipofiz — tuxumdonlarda funksional özgarişlar vujudga keladi. Hayz qoni töxtab-töxtab keladi, ba'zan köp va uzoq ketib, nihoyat butunlay töxtaydi (menopauza). Yurak-tomir va nerv sistemasining funksiyasi böziladi: boşiga qon köp kelib, yuzi qizaradi, badani avval qizib, keyin junjiydi va sovuq ter bosadi, halloslaydi, quloği şanğillaydi; ayol salga qözğaluvçan yoki mayus böladi, xotirasi pasayadi, sababsiz betoqat böladi, boşi oğriydi, uyqusi böziladi va h.k. Ba'zan yuragi öynaydi, yurak sohasida oğriq seziladi. K.da paydo böladigan alomatlar organizmning umumiy holatiga bogliq. Köpçilik ayollarda sezilarsiz ötişi, bu ularning umumiy ahvoliga ta'sir etmasligi ham mumkin. K. davri oğirroq keçganida qalqonsimon bez faoliyati (yurak öynaşi, qöl qaltiraşi) va moddalar almaşinuvining buzilişi (ayol semirib yoki juda ozib ketadi), ruhiy iztirob, xayajonlaniş, nevroz, psixopatiya va b. xrlatlar kuzatiladi.
K., odatda, 45—50 yoşlarda boşlanadi, u odatdagidan ertaroq (40 yoşgaça — erta K.) yoki keçroq (55 dan keyin — keçikkan K.) röy berişi ham mumkin. Bu mehnat, turmuş tarzi, iqlim şaroiti hamda irsiy xususiyatlarga, şuningdek, ayolning yetuklik davri qanday ötganligiga (abort, tuğiş, jinsiy hayoti va b.) boğliq. K. davrini ötkazayotgan ayol ba'zan böyida bölib tuğişi ham mumkin. Erkaqlarda K. bir qadar keçroq— 60 yoşlarda kuzatiladi; neyro-gumoral özgarişlar, yurak sohasida oğriq, xotira va iş qobiliyatining pasayişi, uyqusizlik va b. noxuş alomatlar paydo böladi. K., erkak yo ayol organizmida keçişidan qat'i nazar, unga xos dastlabki alomatlar paydo bölişi b-n vraçga uçraşiş va tegişli maslahatlar oliş zarur. D a v o s i : mehnat va dam olişni töğri yölga qöyiş, miriqib uxlaş, suv muolajalari, badan tarbiya; dori-darmonlar — gormonlar, vitaminlar va b. buyuriladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 449–450-b. — ziyouz.com