OSSUARIY, ostadon (lot. os — suyak) — zarduştiylik diniga mansub xalklarda marhumning suyagi solingan sopol, toş yoki ganç idiş, suyakdon. Zarduştiylarda ölikni yerga dafn etiş man etilgan. Bunda ular «Ona yer mukaddas, u barça jonzotning boquvçisi, tuproqning tarkibini buzmaslik kerak», degan aqidaga rioya qilişgan. Şuning uçun ham xar bir qiş-loq, tuman, şaxarda, toğ yon bağri yoki baland tepalikda maxsus supalar yasab, ölikni öşa yerga eltib barahna (yalanğoç) tarzda qöyişgan. Ölimtikxör hayvon va parrandalar murda göştlarini yeb ketgaç, suyaklarini yiğiştirib olib, alohida joyda asraşgan. Ba'zi qavmlarda ölik kuydirilib, kuli yiğiştirilib, e'zozlab asralgan. Jamoada ajdodlar ruhini avaylab, ana şu suyaklarning ba'zi qismini, kulni saqlaş maqsadida qopqokli xumga öxşatib O. — suyakdonlar yasaşgan. Olar loydan kulollar tomonidan kesma naqşli tarzda yasalib, maxsus xumdonlarda pişirilgan. Ular turli hajmda bölgan. Boş suyaklar saqlanadigan O.larning qopqoği tutqiçiga marhum kallasining tasviri tuşirilgan. O. öta mukammal işlangan.
Örta Osiyo xalqlarida O.ga solib kömiş odati mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida şakllanib, mil. 8-a.ga-ça (islomiy dafn rusumlari qabul qilingunça) davom etgan. Xorazmdan topilgan qad. O. haykallar şaklida bölib, öliklarni ilohiylaştirişni ifodalagan. Örta Osiyo, Eron, Falas-tin, Misr va b. joylardan köplab O.lar topilgan bölib, ular yerga yoki novuslarda saqlangan. Zarduştiylik dini uzil-kesil şakllangaç, bu udum barham topgan. Zeroki murdani kuydiriş havoni bulğasa, ölik göştini yegan darranda yoki quşlar daryo, ariq va hovuzlardan suv içib, har xil yuqumli kasalliklarning vujudga kelişiga sabab böla boşlaydi. Bundan taşqari, otaş (olov) mazdoparastlarda mu-qaddas sanalib, pokiza odamni kuy-dirmasligi kerak. Natijada uşbu din ulamolari atrof-muhit, suvning tozaligi, naslning asl bölişini közlab, ölikni kafanga örab, ma'lum çuqurlikka kömiş, zaxkaş mavzelarda esa, sağanalarda saqlaşni joriy qilganlar; maxsus murdaşuy gigiyenasi işlab çiqilgan. O.lar eng köhna udumlarni örganişga, ajdodlar amaliy san'atining nozik qirralarini aniklaşga kömaklaşadi.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 255–256-b. — ziyouz.com