ROK MUSIQA (ing. rock music — roknroll sözidan) — ommabop musiqa turi. 1950-y.larda AQŞda tijoratköngiloçar san'atining yangi (roknroll) şakli sifatida yuzaga kelgan (B.Xeyli, F. Domino, E. Presli, Ç. Berri). Öşa davrda keng tarqalgan «şirin ohang» qöşiqlar (F. Sinatra va b.) ga qarşi ölaroq R.m.da jöşqin ritm, baland tovuş (dinamika), ğayratli va ehtirosli kuylaş uslubi, quşiq matnlarida qöpol (adabsiz) iboralar keng örin olgan. R.m. ansambllar tarkibi asosini yakka xonanda, elektr (solo, ritm va bas) gitaralar va urma çolğular taşkil etadi. Ijro uslubi, ayniqsa, elektrogitaraning jarangdor, kuçli va ta'sirli ovozi, keng texnik va ifodaviy imkoniyatlar yordamida şakl topgan (J. Xendriks, R. Blekmor va b.). 60-y. lardan R.m. Amerika va Yevropa yoşlarining jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va axloqiy qadriyatlarga qarşi ijtimoiy (bitniklar, xippi, keyinçalik panklar va b.) harakatlarning ma'naviy asosi sifatida yirik madaniy jarayon bölib rivoj topgan. Bu davrda Yevropa (jumladan, Angliya) guruhlari («The Beatles», «Rolling Stones» va b.) P.m. taraqqiyotiga alohida hissa köşgan. Tarixiy rivoji jarayonida R.m. bir neça uslub va yunalişlarga ega bölgan. «Xardrok» («oğir, qattiq rok» — «Led Zeppelin», «Black Sabbath», «Scorpions», «Nazareth» va b.), «xevi metal» («oğir metall» yoki «oğir qurollar» — «Black Sabbath», «Deep Purple», «Led Zeppelin», «Metallica», «Rammstein»), «psixodelik rok» («Pink Floyd» va b.), «artrok» (mumtoz musiqa namunalariga asoslangan rok — «Deep Purple», «Urian Heep», «Queen» va b.), «folkrok» (Bob Dilan va b.), «glemrok» («jozibali, yoqimli rok» — «Kiss», E. Kuper va b.), «pankrok» («yomon, yaramas rok» — «Sex Pistols» kabi) va b. Özbekistonda birinçi R. m. guruhlari 1960-y.larning 2-yarmida paydo bölgan («Kiberglar», 1967, «Sigma», 1968 va b.). Ular repertuaridan Yevropa R.m. namunalari b-n birga qayta işlangan özbek xalq kuylari, Özbekiston kompozitorlari asarlari xam örin olgan. 1970-y. larda asosan, folkrok («Yalla», «Kvazarlar», «Navo» va b.), jazrok («Sintez», «Inter», «Sato» va b.), keyinçalik xevimetal («Reys 09», «Daumetal») kabi va b. uslublar rivoj topgan.
Olimjon Bekov.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 229–230-b. — ziyouz.com