FERMA (frans. ferme, lot. fi rmus — mustahkam) — 1) quriliş mexanikasida — geometrik jihatdan uzgarmaydigan sterjenli tizim. Hisoblaşlarda barça tugunlari şarnirli deb qabul qilinadi; 2) tom yopiş, bostirmalar quriş va köprik qurişda işlatiladigan quriliş konstruksiyasi. Devor yoki ustunlar oraliği katta binolar (mas, kinoteatrlar, bozor pavilonlari, sport zallari, sanoat korxonalari va b.)da tom yopiş uçun tösinlardan foydalaniş iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Katta soy va daryolarga kuriladigan köpriklar ham tösinlardan işlansa, ança qimmatga tuşadi. Şunday hollarda F.dan foydalaniş iqtisodiy jihatdan ança samarali böladi. F.lar tösin (balka) larning takomillaşgan bir turi bölib, ular ötaydigan vazifani bajaradi. Materialning xiliga qarab, temirbeton, metall va yoğoç F.lar böladi. Taşqi körinişiga köra, parallel tasmali (rayem, a), uçburçak şaklli (rayem, b) va poligonal tasmali.
v) F.larga bölinadi. F.lar panjarasining tuzilişiga qarab ham yana bir neça xillarga bölinadi. Vazifasiga köra, tom, köprik va kran F.lari böladi. Köprik F. içida yukning harakatlaniş sathiga qarab yuk ustki yoki pastki tasmada yuradigan F.lar farklanadi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Odatda, taşki kuç (yuk)lar F. tugunlariga tuşadi. F. sterjenlari taşqi kuçlar ta'sirida asosan siqiliş va çözilişga işlaydi. F.ning barça sterjenlari bir tekislikda joylaşsa, tekis yoki yassi F., har xil tekislikda joylaşea, fazoviy F. deb ataladi. Ikki tayanç orasidagi masofa quloç (prolyot) deyiladi; F.ning taşqi konturida joylaşgan sterjenlar tasmalar, ular orasida joylaşgan sterjenlar panjaralar, panjaralarning tik elementlari ustun, kiya elementlari havon deb ataladi. F. tugunlari orasidagi gorizontal masofa panel deyiladi.
F. materiali qanday bölişidan qat'i nazar taşqi kuçlar (mas, tom plitalari) ta'sirida uning sterjenlarida vujudga keladigan içki kuçlar qiymati materiallar qarşiligi va quriliş mexanikasi usullari yordamida aniklanadi. Içki kuçlar aniklangandan keyir bajariladigan hisoblaş işlari (maye., kesim tanlaş, mustahkamligini tekşiriş va b.) tatbiqiy fanlarning usul va qoidalari asosida bajariladi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 98–99-b. — ziyouz.com