IYERARXIYA (yun. hierarchia, hieros — avliyo va arche — hukmronlik, hokimiyat) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olişi. Fanga I. tuşunçasi 19-a. ning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab I. jamiyatning sinfiy tabaqalanişini va hokimiyat tuzilişini tavsif etiş maqsadida qöllanilgan. 20-a.dan boşlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etişda qöllanila boşlandi.
B iol.da I. termini bir guruhga mansub hayvonlar örtasidagi özaro munosabatlarni, ya'ni ularning oziqqa, qaramaqarşi jinsga yoki qulay pana joyga ega böliş borasidagi faoliya-tini boşqarib turadigan xattiharakatlarni ifodalaydi. I. turğun bölmasdan vaziyatga qarab özgarib turişi (nisbiy dominantlik) yoki mutlaq bölişi (mutlaq dominantlik) mumkin. Mutlaq dominantlik köpinça töğri çiziqli (yönalişli) xususiyatga ega (mas, A individning B ustidan, B ning esa V ustidan va h.k. tarzda ustunlik qilişi) bölib, har bir individning guruhda öz mavqei bor. Çiziqsiz I.da uning tarkibiy qismlari örtasida munosabatlar şaroitga qarab özgarib turadi: mas, uçinçi individ bölganida A individ B dan, u bölmaganida B individ A dan ustunlik qiladi (tobe mavqelar). Köpinça guruxda erkak va urğoçi hayvonlar mustaqil öz I. sistemasiga ega böladi. Boşqa hollarda esa erkak xayvonlar urğoçilari ustidan, voyaga yetgan hayvonlar yoş hayvonlar ustidan dominantlik qiladi. Erkaklari köp böladigan primatlar tödasida I. sistemasi juda murakkab. Guruh bölib yaşamaydigan hayvonlarda individlar soni oşib ketganida nisbiy dominantlik yuzaga keladi. Guruxdagi hayvonlar soni kam bölganida esa ular örtasida maydonga egalik qiliş xattiharakatlari namoyon böladi. Jamoa bölib yaşaydigan yoki murakkab guruhlar hosil qiladigan hayvonlarda dominantlik konsepsi-yasi örniga boşqaça munosabatlar, mas, individlarning vazifasiga binoan özaro munosabatlari asosiy ahamiyatga ega böladi. Biol.da I. tuşunçasi har xil obyekt va jarayonlarga tavsif berişda keng qöllaniladi (mas, tabiiy jamoalar I. strukturasi, organizm regulyator sistemasi I.si, taksonlar I.si va h.k.).
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 55–56-b. — ziyouz.com