JOHILIYA (arab.— bilimsizlik holati, jaholat) — arablar tarixining islomdan ilgarigi davriga berilgan nom. Asosan, odamlar hayotida Iso (as) b-n Muhammad (as) oraliğidagi payğambarsiz ötgan davr tuşuniladi. J. tuşunçasi Qur'onning bir neça suralarida uçraydi. «J-h-l» özakli «johiluna», «yajhaluna» şaklidagi sözlar ham yana bir qança suralarda keladi. Ularning barçasi Malina suralaridan ekanligi, J. sözi 622 y. (hijra)dan oldingi zamon uçun işlatilganiga dalildir. J. atamasining paydo bölişiga obyektiv sabablar bor edi. Zero islomdan oldingi arablarning köpçiligiga «jahl» tuyğusi xos edi. Bu boşqalarga nisbatan beşafqat va vahşiyona munosabatda bölişda öz ifodasini topardi (qasos oliş zarurati, gödak qizlarni tiriklayin kömiş, özga qabila vakiliga duşman sifatida qaraş va b.). Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, axloqsizlik, zöravonlik hukm surgani uçun ham keyingi avlod öşa davrni haqli ravişda J. deb atagan. Bundan taşqari J. davri arablarining diniy tasavvurlari ham kam taraqqiy qilgan, sodda holda bölgani ma'lum. Ular asosan «vasaniya»da, ya'ni köpxudolikda bölganlar. Qadim zamonlardan beri barça arablar uçun Makka ş.dagi Ka'ba ibodatxonasi muqaddas hisoblangan. xudolar panteoniga aylangan bu maskanda 300 dan ortiq sanam qöyilgan edi. Xubal hamda «Alloh qizlari» nomini olgan al-Lot, Manot va al-Uzza şu sanamlarning eng maşhurlari edi. Ba'zilar «Alloh» sanamiga siğinardilar. Ammo u islomdagi Allohdan farq qilar, maqomi jihatidan Yaxve, Zevs, Yupiter kabi boş xudolarga teng qöyilgan bölsada, mavhum va köz ilğamas balandlikda deb tasavvur qilingani uçun uning ismi b-n boğliq ibodat muntazam ado etilmas edi. J. arablarining köpçiligi narigi dunyoga işonmasdilar: faqat bu dunyo bor, yaşaymizu — ölamiz. Bizning takdirimizni dahr (vaqt) hal qiladi, deb fikr yuritardilar (Josiya surasi, 24). Islom ğalabasidan söng «daxriy» sözining «mömin»ga nisbatan antonim sifatida işlatilganini şu b-n izohlaş mumkin. Alloh töğrisida muayyan tuşunçaga ega bölgan holda unga boşqa xudolarni şerik qilganlari sababli J. arablari «muşrik»lar degan nomni oldilar.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 198–199-b. — ziyouz.com