AGNOSTITSIZM (yun. a - inkor qöşimçasi, gnosis — biliş) — borliqni, voqelikdagi narsa va hodisalarni, ularning mohiyatini biliş mumkinligini qisman yoki mutlaqo inkor etuvçi nazariya. A. vakillari borliqning çeksizligi, nihoyasizligi va murakkabligi, inson sezgi a'zolari imkoniyatlarining çeklanganligiga asoslanib borliqni biliş mumkin emas deb hisoblaydi. A.ning yirik vakillaridan biri ingliz faylasufi David Yum, inson aqli sezgilarimiz bergan ma'lumotlarga tayanib voqelikni biladi, lekin, sezgi a'zolarimiz bizga töğri va töliq ma'lumot beradimi, sezgilarimiz aks ettirayotgan voqelikning özi mavjudmi, degan masalalarni örtaga taşlagan va şu asosda olamni biliş mumkinligini rad etgan, obyektiv voqelikning mavjudligiga şubha bildirgan (bu jihatdan Yum A.i skeptitsizmning bir körinişi sifatida namoyon böladi). A.ning ikkinçi bir yönalişi nemis faylasufi Immanuil Kant falsafasida ifodalangan. I.Kant taşki olamni ikkiga: «biz uçun narsa» va «narsa özida»ga ajratib tuşuntiradi, olamning biz bilgan va bilib olişimiz mumkin bölgan qismini «biz uçun narsa» deb ataydi. Olamning «narsa özida» qismining ayrim jihatlarinigina biliş mumkin bölsa ham, uning asl mohiyatini biliş mumkin emas deydi. Biliş obyektining çeksizligini, nihoyasizligini, hodisalar içki mohiyatining tubsizligini mutlaqlaştiriş A.ning gnoseologik ildizlariga kiradi. Haqiqatda, har qanday narsani bir qaraşda, bir zumda har taraflama bilib bölmaydi, uni bilib oliş uçun muayyan vaqt kerak böladi. Şuningdek, har qanday narsani va uning mohiyatini bilib olişimiz uçun yordamçi qurol va vositalarning qay darajada takomillaşganligi jiddiy ahamiyatga ega. Bizga nisbatan keyingi avlodlarimizning tajribalari yanada boyib, takomillaşib boradi va natijada ular bizlarga nisbatan köproq narsalarni biladi. Biz sezgi a'zolarimizning biliş imkoniyati yetmagan obyektlarni aql va tafakkur kuçi b-n bilib boramiz. Biliş şu tarzda yaxlit va uzluksiz jarayondir. Inson aql-tafakkuri fan va amaliyetni taraqqiy ettirişga, biliş va izlaniş vositalarini takomillaştirişga yöl oçadi.
Baxtiyor Törayev.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 150–151-b. — ziyouz.com