KONVEYER (ing. conveyer — taşuvçi), transportyor — tökma, donali, bölak-bölak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, ba'zan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda taşiydigan maşina. Vazifasiga köra, transport (yuk taşiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni özaro boğlaydigan) xillarga bölinadi. Tortiş organi bölgan va tortiş organi bölmagan turlari bor. Elektrik yuritma b-n harakatlanadigan mexaniq K. keng tarqalgan. Bunday K.larning tortiş organlari lenta, zanjir va kanatdan iborat bölib, ular yordamida buyum yoki yuklar taşiladi. Yuk taşiş organlarining turiga köra, dasturli boşqariladigan lentali, köraqli, plastinkali, osma, şuningdek, kovşli, aravaçali va b. turlarga; tortiş organi bölmagan vintli (şnekli), inersion (çayqaluvçi, tebranma), rolikli (rolgang), odimlovçi (quymaçilik, yiğuvçi) va b. turlarga bölinadi. Lentali K. b-n, asosan, donali yuklar taşiladi. Zanjirga biriktiriladigan moslamaning tuzilişiga qarab, zanjirli K. lar plastinkali, körakçali, ksvşli va aravaçali böladi. Plastinkali K. lar, asosan, bölak-bölak materiallarga möljallangan bölib, yukni qiya yunalişda taşişga imkon beradi, mayda kömir va rudalarni suriş uçun işlatiladi. Kovşli va aravaçali K.lar ayrim korxonalarda (metallurgiya va kimyo kombinatlarida), asosan, tökma yuklarni taşiş uçun işlatiladi. Buğdoy, un, sement, şağal, qum, mayda kömir qabilarni yaqin masofaga taşiş uçun vintli K.lar qöllaniladi. Töp qilib yiğilgan yoki yaşiklarga joylangan yuklarni pastga tuşiriş uçun rolikli (gravitatsion) K. dan foydalaniladi. Bunday K.larda yuk öz oğirligi b-n pastga töşadi. I n ye r s i o n K. tökma kjni gorizontal va qiya yönalişda qisqa masofaga taşiş uçun möljallanadi. Bunday K. da yuk inersiya kuçi hisobiga harakatlanadi. Bölardan taşqari, yuklar suyuqliklar b-n birga nasoslar yordamida quvur yoki novlarda harakatlanadigan gidravlik, yuklar yoki buyumlar ventilyatorlar yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqi hisobiga quvurlarda harakatlanadigan pnevmatik K.lar bor. Maxsus işlarga möljallangan K.lar elevator va eskalator deb ataladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 544-b. — ziyouz.com