GAFNIY (lot. Hafnium), Hf - Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 72, at.m. 178,49. Massasi Hf74, Hf176, Hf», Hf78, Hf» va Hf180 ga teng izotoplar aralaşmasidan taşkil topgan. Sun'iy izotoplaridan eng muhimlari Hf7S va Hf». Gollandiya olimi D. Koster va Vengriya olimi G. Xeveşi 1923 y.da bu elementni erkin holda oldilar va Kopengagen (lot. Hafhia) şahri şarafiga G. deb atadilar. G. tarqoq element, asosai sirkoniy minerallariga aralaşgan holda uçraydi. Oğirlik jihatidan Yer pöstining (3—4) 10~4% ini taşkil etadi. U kumuşdek kulrang, yaltiroq, yaxşi bolğalanuvçan va çöziluvçan metall, ziçligi 13,82 g/sm3 (20° da), suyuqlaniş t-rasi 2222±30°, qaynaş t-rasi 5400°. Oddiy şaroitda turğun, çunki yuzasida hosil bölgan metall oksidi uni keyingi töla oksidlanişdan saqlaydi. G. suvda, işqor va ammiak eritmalarida erimaydi. HC1 va H3SO4 da juda sekin eriydi. Yuqori t-rada galogenlar, azot, uglerod, kremniy vag vodorod b-n birikadi. Azot b-n 700—800° da nitrid HfN, galogenlar b-n 200— 400° da tetragalogenidlar, uglerod b-n 1800—2000° da karbid NGS, kremniy b-n 1000° da silitsidlar Hf2Si, Hf5Si, HfSi va HfSi2, vodorod b-n 350-400° da gidrid HfH2 hosil qiladi. Birikmalarda +2 va +3 valentli bölişi ham mumkin, lekin asosiy valentligi +4 ga teng. G. tuzlarining suvdagi eritmalari gidrolizlanganida murakkab polimer va köp yadroli kompleks ionlar hosil böladi. Gafniy dioksid, NGO2 — oq kristall modda; ziçligi 9,68 g/sm3, suyuqlaniş t-rasi 2780°. Suvda erimaydi, konsentrlangan HC1 va HNO3 ta'siriga berilmaydi, konsentrlangan ftorid va sulfat kislotalar, suyuqdantirilgan işqorlar b-n reaksiyaga kirişadi. Umumiy formulasi HfO2 xH2O bölgan özgaruvçan tarkibli kristall yoki gelsimon birikmalar; hosil qiladi. G.ning nitridi, boridi, karbidi öta qattiq, mört va elektr ötkazuvçan moddalardir. G.dan elektron lampalarining katodlari va maxsus qotişmalar tayyorlanadi, yadro texnikasida neytron zarralarini yutuvçi modda sifatida, organik moddalarni sintez qilişda katalizatorlar sifatida qöllaniladi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 107–108-b. — ziyouz.com