KOAGULYATSIYA (lot. coagulum — quyqa, coagulatio — iviş, quyuqlaniş) — dispers, ayniqsa, kolloid sistemalarda zarraçalarning özaro birlaşib yiriklaşgan agregatlar hosil qilişi. K. oxirigaça borsa, loyqa hosil bölib, agregatlar çökadi yoki yuqori qatlam hosil qiladi. Kolloid sistema tiniklaşadi. Ayrim holda K. natijasida ğovak fazaviy butun sistema böyiça tarqalgan koagulyatsion (gel) struktura hosil qiladi. K. natijasida sistemaning rangi özgaradi yoki u loyqalanadi. K.ga adsorbsion kuçlar (minimumga intiliş) sabab böladi. Elektrostatik kuçlar (bir xil zaryadlangan zarraçalarning bir-biridan itarilişi) esa unga qarşilik qiladi. K. dispers sistemaning termodinamik beqarorligini namoyiş etişidir. K. 2 bosqiçda sodir böladi: 1) agregativ barqarorlikning yöqolişi va zarraçalarning birlaşişi (ya ş i r i n K.); 2) hosil bölgan zarraçalar agregatlarining çökişi (yoki qalqib yuzaga çiqişi) — o ç i q K. Agar K. öz-özidan sodir bölsa, avtokoagulyatsiya deyiladi. Odatda, K. fizik yoki kimyoviy ta'sir natijasida röy beradi: elektrolitlar va noelektrolitlar elektr maydoni, harorat, yoruğlik, yuqori çastotali elektromagnit tebranişlari, keskin siljitiş yoki aralaştiriş, dispers muhitning özgarişi va b. K.ga sabab bölişi mumkin. Elektrolitlar ta'sirida K. sodir bölişi borasida bir neçta qoidalar mavjud; 1) elektrolitning K.ga sabab böladigan minimal konsentratsiyasi — K. çegarasi. U loyqalanişning çökma hosil bölişi yoki rang özgarişining boşlanişi b-n aniqlanadi; 2) kolloid zarraça zaryadiga qarama-qarşi zaryad saqlovçi elektrolit ioni K.ga sabab bölişi mumkin; zaryadi qança yuqori bölsa, uning koagulyatsion qobiliyati şunça köp böladi (Şulse — Gardi qonuni); 3) organik ionlarda ularning adsorbsiyalaniş qobiliyati ortişi b-n K. hodisasi kuçayadi.
K. hodisasi tabiatda va turmuşda keng tarqalgan. Tuproq zarraçalarining katta-kiçikligi, oqar suvlarning tiniq yoki loyqa bölişi ham K.ga boğliq. K. oziq-ovqat, dorişunoslik, kimyo, lok-böyoq sanoatida keng qöllaniladi. K. tabiatda ham keng tarqalgan, mas, qonning ivişi, oqsillar K.si va b.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 457–458-b. — ziyouz.com