MARKŞEYDERIYA (nem. mark - çegara va scheiden — bölmoq, ajratmoq) — konçilik fani va texnikasining bir tarmoği; tabiiy şaroitdagi obyektda aslidan ölçaşlar va Yer ka'ridagi foydali qazilma uyumining şakli va ölçamlari, qazilmada foydali va zararli komponentlarning joyla-şuvi, özida saqlovçi jinslar xususiyati, lahimlarning fazoviy joylaşişi, kon işlari natijasida sodir böladigan kon bosimi va yer yuzasi jinslarining deformatsiyasini örganadi. Iş jarayoni markşeyderlik priborlari yordamida olib boriladi. M. ma'lumotlari geometrik proyeksi-yalar usulida olingan konçilikka oid grafik xujjatlar, çizmalarda sintez qilinadi.
M. kompleks fan bölib, mat., fizika, texnika, astronomiya, geodeziya, geol., konçilik işi va b. fanlar b-n çambarças boğliq. Markşeyderlik xizmati foydali qazilmani konlardan qazib olişning har bir bosqiçida (qidiruv, loyihalaştiriş, şaxtalarni quriş, qazib oliş, kon korxonalarini tugatiş va b.) qatnaşadi. M. kuyidagi 2 funksiyani bajaradi: ta' minlaş funksiyasi (qidiruv va b. konçilik inşootlarini loyihadan natura xoliga ötkaziş, lahimlarga yönaliş beriş, konlarning plan hamda kesma körinişini fazoviy geometrik ölçaş usullari b-n xaritaga tuşiriş va ularni markşeyderlik hujjatlarida aks ettiriş) va nazorat qiliş funksiyasi (qidiruv la-himlarining ötişni öz vaqtida kuzatiş, qurilişmontaj işlarini, foydali qazilmalar va qoplama jinslarni qazib olişda, talofat va sifatsizlanişida tezkor hisob nazorati, zaxiralar özgarişini hisobi, atrof muhitni saqlaşda konçilik işlarini töğri olib borişni nazorat qiliş, kon bosimi va yer yuzasining siljişi (deformatsiyasi)ni kuzatiş va b. turli işlarning nazorati). 1990-y.lardan M. işlarida öta aniq pribor — yoruğlik b-n uzoqni ölçovçi, yönalişli lazerli körsatkiçlar, gigroskopik va kodli teodolitlar va ta-xeometrlar, vizirli nivelirlar, avtomatprofilograflar va b. elektron-optik asboblar qöllanilmoqda. Özbekistonda M.ga oid amaliy işlarni konçilik korxonasi qoşidagi markşeyderlik xizmati bajaradi. I.t.lar esa ToşTU va konçilik i.t. institut larida olib boriladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 237–238-b. — ziyouz.com