MERINOSLAR (isp. merinos) — jun qoplami bir xil mayin junli qöy zotlari. Vatani — Ğarbiy Osiyo. M. bu yerda mil. av. 2—3 ming yilliklardan boqiladi, keyin Örta dengiz mamlakatlariga, 18-a. örtalaridan esa Ğarbiy Yevropa, Şim. Amerika va Avstraliyada, 19-a. va 20-a. boşlarida Rossi-yada tarqalgan. Turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladigan infantado, negretti, rambulye, mazayev, yangi Kavkaz zotlari, şuningdek, 20-a.ning 20-y.laridan SSSRda oltoy, askaniya, groznen, kavkaz, salsk, Stavropol, sovet M.i yaratilgan. M. juni ingiçka (15—25 mkm), mayin, tivit tolali, uz. 6—8 sm. Qöçqorlaridan 8—12 kg va undan ortiq, sovliqlaridan 4—6 kg jun qirqib olinadi. Sof tola çiqimi 35— 45% . M. köpgina mamlakatlarda boqiladi. Ularning asosiy qismi Avstraliya (Avstraliya M.i) va Argentinaga töğri keladi.
M. Turkiston ölkasiga, jumladan, hoz. Özbekiston hududiga 19-a.ning 70— 80-y.lari Rossiya orqali kirib keldi. «Turkiston vedomosti» gaz.ning (1883 y. 1 noyab. 13son) xabar berişiça, Zarafşon ölkasining Kattaqörğon bölimida 1882 y.da 2000 mayin junli qöylar bölgan. 20-a. boşida M.dan rambulye zoti keltirilgan. M. tipidagi mayin junli qöylarni Özbekistonga keltiriş 20-a. ning 20-, 30-, söngra 50-y.larida ham davom etdi. 1927—31 y.larda Özbekistonga 5000 merinos qöylari keltirilgan. 1939 y. Jizzax, Ğallaorol, Zomin tumani k-zlarida barça mahalliy ona sovliq qöylar yoppasiga askaniya va oltoy merinos qöçqorlari b-n qoçirilgan va 45 ming boş duragay qöylar olingan. 1949—58 y.larda Toşkent va Jizzax naslçilik xöjaliklarida keltirilgan askaniya, groznen, qirğiz, Stavropol merinos sovliqlari va qöçqorlari boqildi. M.ning Özbekistonning issiq iqlim şaroitida asosiy mahsuloti bölgan jun va jun tolasining qator texnologik sifat körsatkiçlari saqlanib qoldi. M.dan olinadigan jun va göşt mahsulotlari sifati va miqdori, asosan, qöylarni yaxşi şaroitlarda asraş, boqiş va parvariş qiliş texnologiyasi b-n çambarças boğliq (q. Mayin junli qöylar).
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 429–430-b. — ziyouz.com