PULMONOLOGIYA (lot. pulmonis -öpka va ...logiya) — klinik tibbiyotning bir bölimi; öpka, bronxlar va plevra kasalliklarini örganadi. Ularni aniklaş, davolaş va oldini oliş usullarini işlab çiqadi. P. nisbatan yangi soha bölganligi uçun 70-y.lar oxirlaridan boşlab uni mu-kammal örganişga kirişildi. Ilgari Özbekistonda «paxta yakka xokimligi» natijasida yuzaga kelgan ekologik özgarişlar va köp mikdorda işlatilgan pestitsidlar ta'sirida öpkaning surunkali nospetsifik kasalligi, ayniqsa, qişloq joylarida köpayib ketgan edi, şularni hisobga olib Toşkentda 1978 y. Toşkent vraçlar malakasini oşiriş it-ti qoşida klinik P. kafedrasi taşkil etildi va Özbekistonda pulmonoglar ilmiy maktabi va pulmonologiya xizmati yaratildi. Hoz. Özbekistonning şaharlari va viloyatlarida P. bölimlari taşkil qilingan.
1989 y. dan Sil i.t. in-ti Ftiziatriya va pulmonologiya i.t. institutiga aylantirildi va u Özbekistonda şu sohadagi yirik ilmiy markaz bölib qoldi. 1990 y.da Ftiziatriya va pulmonologiya i.t. instituta qoşida Respublika pulmonologiya markazi taşkil qilindi. Bu markaz P. sohasidagi i.t. va amaliy işlarni koordinatsiya qilib boradi. Özbekistonda Markaziy Osiyoda birinçi bölib nospetsifik öpka kasalliklari (bronxial astma, surunkali bronxit)ning epidemiologiyasi, funksional diagnostikasi, farmakoterapiyasi, immunologik va klinik allergologiyasi, uning genetik mexanizmlari, bioritmologik taşki liy sistemasi va patogenetik terapiya hamda meqnat qobiliyatini tiklaşning ilmiy asoslari işlab çiqildi. P.da turli tadqiqot usullari: rentgenologik (tomografiya, bronxografiya), en-doskopik (traxeobronxoskopiya), funksional diagnostika usullari va h.k. qöllanadi. X.oz. Özbekistondagi mavjud tibbiyot in-tlari, vraçlar malakasini oşiriş in-tida P. kafedralari, şuningdek, klinik şifoxonalar tarkibida P. bölimlari faoliyat körsatmoqda. Özbekistonda P.ning rivojlanişida A.M. Ubaydullayev, D. X. Mahmudova, Ş. U. Ismoilov, M. A. Yakimova, B. S. Aripov va b. olimlarning xizmatlari katta.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 442–443-b. — ziyouz.com