1876 y. mart oyida Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufman Olay vohasiga yangi hududlarni bosib oliş va xalq qözğolonlarini şafqatsiz bostiriş bilan nom çiqargan general M.D. Skobelevni yuborib, qözğolonçilardan 3 kunlik muddat içida böysuniş va har bir ötov soliq tölaşini talab qilgan. Çorvador qirğizlar va özbeklar bosqinçilarga itoat qilmay, ularga qarşi Qurbonjon dodxoh boşçiligida kuraşga otlangan. Skobelev rahbarligidagi Rossiya qöşini 1876 y. 21 martda Öşga keladi. Skobelev aylanma yöl orqali hujumga ötib, qözğolonçilarni Söfiqörğongaça surib taşlagan. Abdullabek qolgan yigitlari bilan Qizilort dovoni tomonga çekinib, Pomir toğlariga çiqib ketgan.
Kaufman buyruği bilan 1876 y. yozida Olay vohasiga jazo otryadi jönatilgan. Skobelev boşçiligidagi qöşin 15 iyulda Olayga 3 tomonlama — Öş, Uçqörğon va Gulçadan yölga çiqişgan. Abdullabek 2 ming kişilik qöşini bilan Öşdan 40 çaqirim naridagi Şoti degan joyda pistirma qöyib, çor qöşinlarini Olayga ötkazmaslikka harakat qilgan. Polkovnik Vitgenşteyn va qirğiz Şabdon Jontoy öğli boşçiligidagi qismlar bilan Abdullabek qöşini örtasida ayovsiz janglar bölgan. 31 iyulda qirğizlarning bir neça biyi Skobelevga taslim bölgan. Vitgenşteyn qöşini 1876 y. avg.da Abdullabek yigitlari ortidan quvib, Pomirga kirib borgan.
8 sent.da Söxga yaqin Aylanma degan joyda har 2 qöşin örtasida sönggi töqnaşuv bölib, unda Abdullabek boşçiligidagi qözğolonçilar yengiladi. Abdullabek ukalari va safdoşlari bilan Qoraköldan Çöngsuv darasiga ötib, söngra Tuyuqsuv darasi orqali Qaşqar va Şuğnon tarafga, keyinçalik Afğonistonga ötib ketgan. Abdullabek öşa yiliyoq Makkaga haj safariga jönab, yölda vafot etgan (uning jasadi keyinçalik Gulçaga olib kelinib, dafn etilgan).
Farğona viloyati harbiy gubernatori Skobelev Öş uyezdi hokimi P.P.Ionov vositaçiligida Qurbonjon dodxoh bilan muzokaralar olib borgan. Skobelev bilan Qurbonjon dodxoh Olayda şaxsan uçraşişgan va örtada sulh tuzilib, çor hukumatiga körsatayotgan qurolli qarşilik töxtatilgan (1876 y. oxiri).
Qurbonjon dodxohning öğillari Mahmudbek, Hasanbek, Botirbek Kobuldagi quvğinlikdan çaqirilib, ularga Olay vohasida yangi tuzilgan bölislarga boşçilik qiliş topşirilgan. Uning kiçik öğli Qamçibek esa keyinçalik rus ma'murlari tomonidan Öşda dorga osib öldirilgan (1895).
Ad.: Bababekov X.N., Narodniye dvijeniya v Kokandskom xanstve i ix sotsialno-ekonomiçeskiye i politiçeskiye predposşki, T., 1990; Narodnme dvijeniya Sredney Azii vXGXveke (Po materialam Kmrgizstana). Bişkek-Oş, 1998.
Qahramon Rajabov.