SEPSIS (yun. sepsis — çiriş, iriş) (qonga mikroblar kirişi, umumiy yiringli infeksiya, qonga yiring tuşişi) — yiringlatuvçi mikroblarning mahalliy infeksiya öçoğidan qon oqimiga, limfa yöllariga, ulardan esa bemorning hamma töqima va a'zolariga tarqalişidan kelib çiqadigan umumiy infeksion kasallik. Infeksiya tuşgan jarohat va turli sohada joylaşgan yiringli kasalliklar (çipqon, xöppoz, flegmona va b.) S. manbai bölişi mumkin. Kindikning yiringlaşi çaqaloklar Siga sabab böladi. Baçadon böşliğining yiringlaşi natijasida tuğruqdan keyingi S. paydo böladi. Odatda, stafilokokk, streptokokk, kamrok, pnevmokokk, gonokokk, içak tayokçasi va b. mikroblar S.ni qözğatadi.
S rivojlanişiga, birinçidan, yiringli jarayonni keltirib çikargan mikroblar virulentligi (kasallik qözğatişi)ning yuqoriligi, ikkinçidan, bemorning ozib ketişi, vitamin yetişmasligi va b. kasalliklar oqibatida organizm himoya kuçining pasayib ketişi sabab böladi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
S.ning eng oğir turida mikroblar qonda köpayib, uni öz zaharli mahsulotlari (toksinlar) b-n zararlaydi, qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) ni yemiradi. S.ning bu turida gavda t-rasi 39—40° gaça kötariladi, bemorning eti uvuşadi, bu ğarqğarq terlaş b-n almaşinib turadi. Ba'zan teri sarğimtir tusga kirib, unga toşmalar toşadi. S.ning birmunça yengil hollarida mikroblar qonda köpaymay, qon oqimi b-n turli a'zo va töqimalarga tarqaladi, natijada ularda köp sonli yiringli öçoqlgr hosil böladi. Bunday hollarda S. uzoqroq keçib, yiring boylagan joy qosil bölayotgan paytda oğirlaşib, madda yorilgandan söng yoki operatsiyadan keyin bir qadar yengillaşib turadi.
S.ga faqat kasalxonada davo qilinadi. S. profilaktikasi har qanday yiringli jarayonda — jarohat yiringlaganda, hasmol, flegmona paydo bölganda öz vaqtida vraçga murojaat etişdan iborat. Turmuşda şikastlanişlarning oldini oliş, mayda şikastlarni, ayniqsa, jarohatlarni öz vaqtida davolaş zarur. Çaqaloqni parvariş qilayotgan ona aseptika qoidalariga qat'iy amal qilişi kerak (q. Antiseptika Aseptika).
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 310-b. — ziyouz.com