PUNKTUATSIYA (lot. punctum — nuqta; kiçkina doğ) — 1) alifbodan taşqari bölgan grafik belgilar {tiniş belgilari) tizimi bölib, grafika va orfografiya (imlo) b-n birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini taşkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tiş, grafik jihatdan şakllantiriş-dir; 2) yozma matnni punktuatsion ras-miylaştirişni tartibga soluvçi, har bir til uçun tarixan şakllangan qoidalar, meyorlar; 3) P. tizimi krnu-niyatlarini, şuningdek, tiniş belgilarining qöllaniş meyorlarini örganadigan tilşunoslik bölimi.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tiniş belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. P. tarixi, punktuatsion tizimniig paydo bölişi, tiniş belgilarining soni turli tillarda turliça namoyon böladi. Mac, punktuatsion tizim hoz. ma'no va körinişda Ğarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-a.larda, rus yozuvida 18-a. da, uzbek yozuvida esa 19-a. ning 2yar-mida paydo bölgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tiniş belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta bölsa, hoz. özbek P.si quyidagi 10 ta tiniş belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, köp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, söroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qöştirnoq. P.ning qöllanişida ham tillararo tafovut bölişi mumkin, mas, ispan tilida söroq va undov belgilari gapning boşida va oxirida qöyiladi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
P. tilning sintaktik qurilişi b-n uzviy boğliq bölib, yozma nutqni töğri, ifodali, aniq bayon qilişda, uning uslubiy ravonligini, tez tuşunilişini ta'minlaşda muhim vositadir. Öz navbatida, muayyan tiddagi P. an'analarining mustahkamlanişi va takomillaşuvida tanikli yozuvçilarning ijo-di hamda tiniş belgilarining qöllaniş kridalarini belgilovçi va tartibga soluvçi tilşunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hoz. uzbek P.sining şakllanişi, rivoji, uning örganilişi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Ğoziyev, O. Usmon, Ğ. Abdurahmonov, K. Nazarov va b. tilşunoslarning nomi b-n boğliq.
Abduvahob Madvaliyev, Ne'mat Mahkamov.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 445-b. — ziyouz.com