KARYER (lot. quadraria — toş maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni oçiq usulda qazib oladigan korxona; yer qa'ridan foydali qazilmalarni oçiq usulda qazib olişda hosil böladigan çuqurliklar majmui. K. bir neçta poğona tizimlaridan iborat bölib, odatda, yuqoridagi poğonalar puç toğ jinslarida joylaşadi, pastki poğonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib oliş uçun puç (qoplama) toğ jinslarini surib oçiladi.
Oçiq usulda foydali qazilmalarni qazib oliş qad.dan ma'lum. Dastlabki katta K.lar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilişi b-n boğliq bölgan, keyinçalik K.larda bunyodkorlik va haykaltaroşlik işlari uçun marmar toşlari katta hajmda qazib olingan. 20-a. boşigaça oçiq kon işlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda quriliş materiallari sifatida işlatiladigan toğ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qönğir kömirning 90%, toşkömirning 20% K.lardan qazib olingan. Katta K.larda yiliga önlab million tonna foydali qazilma va puç toğ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta K.lar: «Bogatir» (Qozoğiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toşkömir va 25 mln.m3 qoplama toğ jinslari, «Maunt-Rayt». (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama toğ jinslari, «Fortuna» (Germaniya) — 42,6 mln.t qönğir kömir va 89,2 mln.m3 qoplama toğ jinslari qazib çiqariladi. Özbekistonda «Muruntov» oltin qazib oladigan K. bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, çuq. 300 m. Loyihada 600 m gaça çuqurlaştiriş körsatilgan. «Qalmoqqir» K.ning yillik unumdorligi 24 mln.m3 bölib, tarkibida mis, oltin, kumuş, qörğoşin, pyx, reniy, osmiy mavjud bölgan ruda qazib olinadi. «Angren» K.ida yiliga 3 mln. t atrofida qönğir kömir va kaolin qazib olinadi. Özbekistondagi 36 marmar va 21 granit K. larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toşlar va millionlab m3 ohaktoş qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Ğozğon, Jom, Zarband va Nurota K.lari, granit çiqadigan Langar va Sevasoy K.lari maşhur.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 203-b. — ziyouz.com