PERSPEKTIVA (lot. perspicio — aniq köraman) — 1) mavjud borliqni inson idrok etganidek biror tekis yuza (qoğoz, taxta, devor va b.) da fazoviy holati va ularning bölaklarini kuzatiş nuqtasidan uzokdaşuvini tasvirlaş tizimi. Realistik tasviriy san'atning asosini taşkil qiladi. Real jism (buyum)larning makondagi turli holat va körinişining tuzilişi, hajmining öziga xos belgilarini töğri tasvirini yaratiş imkonini çiziqli P. bersa, xavo (rang) P. jism (buyum)larning kuzatiş nuqtasidan uzoklaşib borişi natijasida rangi va çegaralarining özgarişini töğri va işonarli tasvirini işlaşga xizmat qiladi. Rassomlik san'atida kuzatiş P.si işlatiladi. Voqelikni as-boblarsiz kuz qanday kursa, şunday qilib qölda çizişga asoslanadi. Yana «teskari P.» iborasi bölib, unda real borliqni notöğri tasvirlaş, ya'ni uzokdagi buyumlarni katta qilib işlaş (P. qonunlariga e'tibor bermay işlaş) ma'nosini anglatadi. Buni ikona san'atida köriş mumkin. Yuno-niston (Evklid risolasi, mil.av. 3-a.) va Qad. Rim (mil. av. 1-a. me'mor va na-zariyotçilari) da P.ga oid qimmatli fiqolar bayon qilingan. Uyğoniş davridagina P. ilmiy asosda örganila boşlandi. Paolo Uççello, Leonardo da Vinçi, A. Dyurerlar P. rivojiga kata hissa qöşdilar; 2) odamning narsalarni körib idrok etişiga mos ra-vişda ularni tekislikda tasvirlaş usuli. Me'morlikda, qurilişda loyihalarni çizişda, narsalarning aksonometriyasinn yaratişda, quriladigan bino, inşoot yoki yasaladigan buyumni tabiiy holda tasvirlaşda foydalaniladi. P. biror bir nuqtada tutaşadigan çiziqdar (nurlar) yorda-mida hosil qilinadi; 3) çiziqdi P. — fazoviy şakllarni tekislikda markaziy proyeksiya yordamida tasvirlaş usuli. Bunda fazodagi R nuqta (rasmga q.) tekislikda OR töğri çiziqning tekislik b-n kesişiş nuqtasi bölgan R'nuktaga proyeksiyalanadi (O nuqta — P. markazi); 4) havo P.si narsa (buyum) muayyan masofadan kuzatilganda rangi özgarişi va kiyofasidagi anikdik bu-zilişini ifodalaydi; 5) kelajak uçun tuziladigan reja.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 178–179-b. — ziyouz.com