FEVRAL INQILOBI (1917) Rossiyada samoderjaviyega barham bergan inqilob. F.i. harbiy mağlubiyatlar va xöjalikdagi vayrongarçilik b-n boğliq ravişda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy tanazzulning keskin kuçayişi oqibati edi. Oziq-ovqat yetişmasligi tufayli 23 fev.da Petrogradda stixiyali tarzda uruşga qarşi mitinglar boşlandi, u iş taşlaşlar va namoyişlarga, kazaklar va politsiya örtasidagi töqnaşuvlarga, 24— 25 fev. da esa yalpi iş taşlaşga aylanib ketdi. 26 fev. da qöşinlarga qarşi janglar, 27 fev. da yalpi iş taşlaş qurolli qözğolon darajasiga kötarildi, askarlar ommaviy tarzda qözğolonçilar tomoniga öta boşladi. Qözğolonçilar şaharning muhim joylarini, hukumat idoralarini egalladilar. Nikolay II taxtdan voz keçdi. Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Işçi va soldat deputatlari Soveti saylandi. Muvaqqat komitet hukumat tuzdi. 1 mart kuni Moskvada, mart oyi davomida butun mamlakatda yangi hokimiyat örnatildi. F.i. Turkiston ölkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdan uyğotişda, demokratik özgarişlarga boşçilik kilmoqçi bölgan yangi kuçlarning siyosat maydoniga çiqişida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuçlarning özagi bölişdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyoti va mustaqilligi töğrisidagi öz ğoyalarini F.i. şiorlari b-n boğlab, özlari e'lon qilgan prinsiplarni amalga oşirişga faol kirişdilar. Toşkentda «Şöroi Islom» 1917 y. 14 mart) taşkiloti tuzilib, Turkiston taraqqiyparvarlarining aksariyati uning atrofida birlaşsi. Bundan taşqari, Toşkentda Işçi deputatlari Soveti (1917 y. 2 mart) ham tuzil gan edi. Turkiston ölkasi generalgubernatori va Turkiston harbiy okrugi qömondoni general Kuropatkin, uning yordamçisi general Yerofeyev, okrug ştabining boşliği general Sivere öz vazifalaridan çetlaştirilib, 31 martda uy kemoğiga taşlandi. Muvaqqat hukumat tomonidan 1917 y. 7 avgustda Turkiston ölkasini boşqariş uçun 9 kişidan iborat Turkiston komiteta (raisi — kadet N. N. Şçepkin) tuzildi. Şuningdek, Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi (1917 y. 17— 21 apr.) da Turkiston ölkasi musulmonlari Markaziy Kengaşi (Kraymussovet) ham tuzilib, barça milliy jamiyatlar, taşkilotlar va ittifoqlar birlaştirildi. 1917 y. bahorda Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham siyosiy vaziyat keskinlaşdi. Buxoroda 1917 yil aprel namoyişi böldi va Xivada Idorai maşrutiya (1917 y. 5 apr.) taşkil topdi. Yoş buxoroliklar va yoş xivaliklar bu xonliklar hududida demokratik islohotlar uçun kuraşdilar.
Ad.: Özbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Özbekiston Sovet mustamlakaçiligi davrida], T.. 2000; Turkestan v naçale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924 y.), T., 2002.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 85–86-b. — ziyouz.com