BLINT (nem. blind — kör) — kitob muqovasini bezaşda uning sirtiga böyoqsiz bosib tuşiriladigan yassi şakllar. Bunda yassi ştamp muqova sirtida çuqurçalar qoldiradi. B. kitob muqovasiga pardoz beriş va uni böyoq b-n bosişda yoki zarqoğoz (folga) qoplaşga tayyorlaşda mustaqil usul sifatida qöllaniladi. BLOK Aleksandr Aleksandroviç (1880. 16 (28). 11, Peterburg 1921. 7.8, Petrograd] — rus şoiri. Peterburg untini tamomlagan (1906). «Zolotoye runo» jur. (1907— 08) va Jahon adabiyoti naşriyotida (1918 y.dan) işlagan, Butun Rossiya şoirlar uyuşmasi Petrograd bölimini boşqargan (1920 y.dan). Ilktöplami — «Gözal Bonu haqida şe'rlar» (1904) rafiqasi Lyubov Dmitriyevna (kimyogar D. Mendeleyevnij qizi)ga bağişlangan. Dastlab B. simvolist şoir sifatida tanilgan. 1905 y. inqilobiy özgarişlar ta'sirida simvolizmdan voz keçib, ijtimoiy mavzuda «Şahar» (190408), «Vatan» (190716), «Dahşatli olam» (190816), «Qasos» (190713) turkum şe'rlari va «Tomoşaxona» (1906), «Atirgul vaxoç» (191213) kabi dramalar yozgan. B. 1917 y.gi Oktyabr töntarişini şodxurramlik b-n kutib olmagan bölsada, ammo u bolşeviklarning aşaddiy muxoliflari (I.A. Bunin, N. Gumilyov, 3. Gippius, A. Kuprin, M. Svetayeva kabi) safida ham bölmagan. Bolşeviklar hokimiyatni qölga olgandan söng 5 oy davomida B. «Ön ikki» dostonini, «Ziyolilar va inqilob» maqolasini yozib, Oktyabr voqealari va Rossiya takdiri haqida ijodiy muşohada yuritişga harakat qildi. Har ikki acap ziyolilar örtasida qizğin bahsga sabab böldi. Şu hodisa B. ijodida çuqur inqiroz va turğunlikni yuzaga keltirdi. B. 1918 y.ning mart oyidan söng to umrining oxirigaça (1921) heç qanday yangi asar yozmaydi, faqat «Qasos» poemasini nihoyasiga yetkaziş b-n maşğul böladi.
«Ön ikki» poemasi (A. Muxtor), köplab şe'rlari (E. Vohidov, M. Ikrom, O. Muxtor va b.) uzbek tiliga tarjima qilingan.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 401-b. — ziyouz.com