INTUITSIYA (lot. intuitio — sinçiklab qarayman) — haqiqatni dalil b-n is-botlamasdan, bevosita fahmfarosat b-n anglab oliş qobiliyati; fikran ilğab oliş («akliga keliş») yöli b-n tajriba doirasidan çiqiş, şaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli şaklda umumlaştiriş. Tadqiqotçilar fikriça, I.ning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy I. deb, aqliy muşohada va b. sezgi obrazlariga boğliq bölmagan holda tuşunçadan oldin keladigan intuitiv sezişga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql b-n ilğab oliş aqliy (intellektual) I. deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat b-n muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik I. hisoblanadi (J. Mariten). I. — subyektning obyekt b-n bevosita qöşilişib ketişi okibatidir (A. Bergson). Psixoanalizu I. ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3. Freyd). Şarq fal-safasida I.ni «ilohiy ilhom» yoki «ilohiy zehn» deb ataşgan (Ibn Sino). I.ni örganib, boşqarib ham bölmaydi. U tösatdan miyaga kelib qoluvçi fikrdir. Inson miyasida röy beruvçi reflektiv jarayonlar şu qadar murakkab zanjirli boğlanişlar hosil qiladiki, ba'zan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutaşib ketadi. Şunday tutaşuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana şu holat I.ning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan röy berganligi uçun kişilar I.ni ilohiy va ğayritabiiy mohiyatga boğlab tuşuntirişga urinişadi, lekin uning zamirida öziga xos psixik jarayonlar yotadi. I. inson miyasida röy beruvçi öz-özini sozlaş, öz-özini muvofiklaş mexanizmi b-n boğlangan. Miyada muayyan paytda öz-özidan işlaş jarayoni sodir böladi va u öz-öziça yangi bilimni işlab çiqadi. Bu jarayonni ongli nazorat qilmaganligi-miz tufayli miyamizga yangi fikr quy-ilib kelgandek bölib tuyuladi. Aslida bu fikrni miyamiz öz-özidan hisoblab çiqqan böladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 229-b. — ziyouz.com